TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlaridan O‘zbekistonda xalqaro ko‘rgazma o‘tkazish uchun takliflar ko‘paydi. Bu haqda Badiiy akademiya raisi Akmal Nur Toshkentda ochilgan akademiklar ko‘rgazmasida ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 25-yilligi munosabati bilan Markaziy ko‘rgazmalar zalida Badiiy akademiya akademiklarining "Fikrlar parvozi" (Polot misley) respublika ko‘rgazmasi ochildi.Unda Badiiy akademiyaning haqiqiy va faxriy a’zolarining ijodiy ishlari, asosan Mustaqillik davrida yaratilgan yangi kartinalar, tasviriy va amaliy-bezak san’atining klassik namunalariga aylangan asarlar retrospektivasi o‘rin olgan.Badiiy akademiya raisi Akmal Nurning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Badiiy akademiya haqida mutaxassislar tomonidan maxsus albom tayyorlanmoqda. Kelgusi yilda ushbu albomning katta taqdimoti bo‘lib o‘tadi.Ko‘rgazmada V.Burmakin, S.Raxmetov, S.Abdullayev, X.Sattorov, V.Xapov, M.Qayumov va boshqa 40 nafarga yaqin akademiklarning 300 dan ortiq asarlari namoyish etildi.Shuningdek, xalqaro nufuzli ko‘rgazmalarda ishtirok etgan kartinalar ham taqdim etildi.Ko‘rgazma o‘z ishini 2023-yil 15-yanvarga qadar davom ettiradi.
Markaziy ko‘rgazmalar zalida "Fikrlar parvozi" respublika ko‘rgazmasi ochildi - tafsilotlar.
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlaridan O‘zbekistonda xalqaro ko‘rgazma o‘tkazish uchun takliflar ko‘paydi. Bu haqda Badiiy akademiya raisi Akmal Nur Toshkentda ochilgan akademiklar ko‘rgazmasida ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 25-yilligi munosabati bilan Markaziy ko‘rgazmalar zalida Badiiy akademiya akademiklarining "Fikrlar parvozi" (Polot misley) respublika ko‘rgazmasi ochildi.
Unda Badiiy akademiyaning haqiqiy va faxriy a’zolarining ijodiy ishlari, asosan Mustaqillik davrida yaratilgan yangi kartinalar, tasviriy va amaliy-bezak san’atining klassik namunalariga aylangan asarlar retrospektivasi o‘rin olgan.
Badiiy akademiya raisi Akmal Nurning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Badiiy akademiya haqida mutaxassislar tomonidan maxsus albom tayyorlanmoqda. Kelgusi yilda ushbu albomning katta taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
“Oxirgi yillar Rossiya, Belarus, MDH mamlakatlari tomonidan O‘zbekistonda xalqaro ko‘rgazma o‘tkazish uchun takliflar ko‘paygan. Biz 2023-yilda Qozog‘iston davlatining ko‘rgazmasini o‘tkazishni rejalashtirib turibmiz”, - deydi akademik.
Ko‘rgazmada V.Burmakin, S.Raxmetov, S.Abdullayev, X.Sattorov, V.Xapov, M.Qayumov va boshqa 40 nafarga yaqin akademiklarning 300 dan ortiq asarlari namoyish etildi.
Shuningdek, xalqaro nufuzli ko‘rgazmalarda ishtirok etgan kartinalar ham taqdim etildi.
Ko‘rgazma o‘z ishini 2023-yil 15-yanvarga qadar davom ettiradi.