MDH davlat rahbarlariga maxsus uzuklar sovg‘a qilindi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v neformalnoy vstreche glav gosudarstv SNG, proshedshey po initsiative Prezidenta Rossiyskoy Federatsii Vladimira Putina v gorode Sankt-Peterburge.
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v neformalnoy vstreche glav gosudarstv SNG, proshedshey po initsiative Prezidenta Rossiyskoy Federatsii Vladimira Putina v gorode Sankt-Peterburge.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2022
Obuna bo‘lish
Sankt-Peterburgda 26-27 dekabr kunlari Vladimir Putin tashabbusi bilan MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Sankt-Peterburgdagi norasmiy sammitda MDH davlatlari rahbarlariga Yangi yil sovg‘asi sifatida Hamdo‘stlik ramzlari tushirilgan uzuklar topshirildi.
Sankt-Peterburgda 26-27 dekabr kunlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ishtirok etmoqda.
“Lukashenkaning qo‘lida uzuk ko‘rindi”, deb xabar berdi Belarus prezidenti matbuot xizmatiga yaqin bo‘lgan “Pul pervogo” Telegram kanali.
© Pul pervogoPodarok lideram stran SNG
Podarok lideram stran SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2022
Podarok lideram stran SNG
Keyinroq o‘sha resursda shunday xabar e’lon qilindi: “Birinchining (Aleksandr Lukashenko – tahr.) uzugi siri oshkor bo‘ldi! MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvi uchun to‘qqizta maxsus uzuklar tayyorlangan. Ularda Yangi yil bilan tabriklar yozilgan.”
Telegram kanalida e’lon qilingan suratda MDH ramzi tushirilgan uzuk tasvirini ko‘rish mumkin. Unda shuningdek, sovg‘ani sammitda ishtirok etgan barcha yetakchilar olgani aytib o‘tilgan.
Yangiliklar lentasi
0