Har yerda vaziyatni izdan chiqarishadi: G‘arb postsovet davlatlariga nima hozirlamoqda

© Press-slujba prezidenta KR / Sultan Dosaliyev Flagi gosudarstv SNG. Arxivnoe foto
Flagi gosudarstv SNG. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2022
Obuna bo‘lish
Qanchalik g‘alati ko‘rinmasin, biroq postsovet hududi uchun 2022-yilning asosiy voqeasi Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi bo‘lmadi.
Ortda qolayotgan yilda bir paytlar Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi tarkibiga kirgan barcha – mutlaqo barcha – mamlakatlar oldida ularga tayyorlab qo‘yilgan qismat oyday ravshan bo‘lganidan muhimrog‘i bor ekanmi. G‘arb tayyorlab qo‘ygan taqdir.
Va uning ba’zi joylari Rossiya qo‘shnilari o‘tgan o‘ttiz yilda xayol qilgan o‘sha orombaxsh, ba’zi joylari esa surbet manzara bilan umumiy o‘xshashligi yo‘q. Bari biz o‘ylagandan ko‘ra osonroq, qayg‘uliroq - va dahshatliroq.
Siyosatshunoslar postsovet davlatlarning ko‘plab mezonlar bo‘yicha tasniflashadi. Eng mashhurlaridan biri ularning Moskvaga yaqinligi va do‘stona munosabati darajasidir: sir emaski, Boltiqbo‘yi – bu boshqa, Belarus – umuman boshqacha, O‘zbekiston esa undan ham boshqacha.
Biroq aslida bu yondashuv, gapning to‘g‘risi, xato, zero barcha o‘n to‘rtta sobiq ittifoq respublikalarining o‘n beshinchisi – Rossiyaga bo‘lgan munosabati so‘nggi o‘ttiz yilda o‘z siyosatini bir xil tamoyillarda qurishgan. Ular ikkita edi: Rossiya bilan hamkorlikdan maksimal iqtisodiy foyda ko‘rish va Moskva bilan siyosiy masofani ushlab turish.
Keyin esa milliy nozikliklar yuzaga keldi. Boltiqbo‘yiliklardan. Ular “Baribir bizning tranzitimizsiz qayoqqa ham borar edingiz” shoiri ostida ochiqchasiga Rossiyaga qarshi siyosat yurgizishdi.
Buning bir necha sabablari bor edi. Avvaliga shuni e’tiborga olmoq zarurki, har qaysi davlat elitasi shaxsan jon-jahdi bilan hech bo‘lmaganda rasmiy jihatdan o‘z mamlakatlarining suverenetinini saqlash qolishdan manfaatdordir. Chunki davlat elitasi bo‘lish ko‘plab mintaqalardan birining elitasi bo‘lishdan ko‘ra yoqimliroq-da, albatta.
O‘z o‘zidan ma’lumki, ular uni sobiq metropoliya deb ko‘rayotgan qo‘shni mamlakat bu ma’noda ular tomonidan tahdid deb qabul qilinadi.
Qolaversa, postsovet tarixida Rossiya qiyoslashda umidsizlarcha yutqazgan G‘arbning o‘ziga tortishi katta rol o‘ynagan. Bu o‘ziga tortish ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham madaniy, ham estetik bo‘lgan. Shunday ekan, har holda, mutlaqo barcha postsovet poytaxtlari Moskva bilan munosabatlar ikki o‘rtada qolgan.
Rossiya qo‘shnilarining bu xavfsirashlari faqat so‘nggi yillarda kuchaydi. Moskva uzil-kesil buyuk derjava maqomiga qaytdi, Yevroosiyoda integratsiya jarayonlarini rivojlantirish bilan faol shug‘ullana boshladi (haqiqatdan bu mintaqaning barcha mamlakatlari xolis manfaatlariga javob beradi – hayotning o‘zi ham bunga undamoqda), keyin esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytdiki, postsovet makoni uning muhim manfaatlari sohasiga kiradi. Bularning hammasi 2014-yilgi Qrim, Donbassdagi urush, endi esa Rossiya maxsus harbiy operatsiyasi bilan sodir bo‘ldi.
Umuman olganda, so‘nggi sakkiz yilda postsovet elitalarining qo‘rquvi faqat zo‘raydi. Bunday davom etaversa, ular mamlakatlarini Moskva atrofida qudrat to‘playotgan markaziy kuchlar shunchaki tortib ketadi. Katta savol shundaki, pirovardida bu ish nima bilan tugaydi. Ularning javobi turli geosiyosiy markazlar o‘rtasidagi ko‘p vektorlik va muvozanatni kuchaytirish bo‘ldi. Jumladan, Xitoy va Turkiya bilan. Biroq shubhasiz, Rossiyaga asosiy qarshi sifatida uning ko‘plab qo‘shnilari AQSh va Yevropadan foydalanishdi.
Bu vaziyatga chetdan turib qaralsa, bu hadiklar, mantiqa va qabul qilingan qarorlarni tushunish mumkin. Mana 2022-yil ko‘rsatdiki, G‘arbga asosiy pullarini tikkanlar, halokatga boshlaydigan xatolikka yo‘l qo‘yishgan. Mastodont geosiyosatdan tenglik va teng masofa ushlashga harakat qilayotgan boshqalarning ahvoli ham uncha oson emas.
Mohiyat shundan iboratki, postsovet mamlakatlari G‘arbning uddaburonligi va insonparvarligiga ortiqcha baho berib yuborishdi. Ular (aytgancha, Rossiya ham muayan paytgacha), qiyin geosiyosiy ko‘p yurishlar va nozik tashqi siyosiy o‘yinga umid qilishgandi, bari esa o‘ylagandan ko‘ra osonroq va qo‘polroq ekan.
G‘arb Rossiya bilan o‘lik kurashga kirishdi va eng ravshan va qat’iy usullarga pul tikdi: agar dushmanni ichidan beqarorlashtirish qo‘ldan kelmasa, uni perimetri, uning qo‘shnilarini gijgijlash zarur.
Bu yil davomida biz Armaniston-Ozarbayjon mojarosi va Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasidagi to‘qnashuv, Qozog‘istonga uyushtirilgan terrorchilik hujumi va Moldovaning Rossiyaga qarshi jangovarligini ko‘rdik. Boltiqbo‘yi elitalari, Vashingtonga so‘zsiz sodiq bo‘lgan vassallar, Rossiyaga qarshi kurashda o‘z iqtisodiyotlarini o‘tga tashlaganlarni eslamasa ham bo‘ladi. Axir u yerda ham harbiy chiziq bo‘ylab ish ketmoqda.
Umuman olganda, Ukrainadagi jangovar xatti-harakatlar 2022-yilda o‘ta “chiroyli” hoshiyalandi. G‘arb “quloqlari” bu barcha voqealarda yoki ochiqchasiga ding turibdi, yoki biroz maxfiylashtirilgan.
Bundan yog‘iga ham faqat yomon bo‘lishiga shubha yo‘q. Har qanday dastakdan foydalanib, mutlaqo hammani zaiflashtirishadi.
NATOchilar arzandasi rahbarlik qilayotgan mamlkatlar eng og‘ir vaziyatda – uchta Boltiqbo‘yi respublikalari, Ukraina, Moldova, va yana kimdir. Ular Rossiyaga qarshi kurash uchun bor budini qurbon qilishlari mumkin. Biroq boshqa davlatlarning ahvoli biroz yengil, chunki hammada ham nozik, zaif joy bor – va ular G‘arb tomonidan bu mamlakatlarni o‘t oldirish uchun foydalaniladi, shunchaki Rossiyaga uning chegaralari bo‘ylab muammo tug‘dirish maqsadida.
Chamasi, postsovet davlatlarining aksariyat rahbariyatlari amalda ularning mamlakatlari jarlik bo‘ylab dordan yurib borayotgan dorbozlarning vaziyatida ekanini tushunib yetishdi. Har holda ulardan ko‘pining nihoyalanayotgan yildagi qarorlari va xatti-harakatlari – ham ichki, ham tashqi – g‘oyat tarozi solingan va ehtiyotkor bo‘ldi.
Moskva bilan o‘ta qalin munosabatlardan ko‘p yillik o‘zini tortishdan so‘ng endi u bilan yelkama-yelka turgan Minsk eng yorqin misol bo‘ladi oladi. Ravshanki, Aleksandr Lukashenko aniq biladiki, G‘arb uning mamlakatiga naqadar dahshatli taqdirni hozirlab qo‘ygan – unga yo‘liqmaslikning yagona imkoniyati Belarusning Rossiya bilan ittifoqi.
Ishonishni istardikki, 2023-yilda boshqa postsovet davlatlari rahbarlari ham xuddi shu fikrga kelishadi.
Maqola muallifi fikri tahririyat nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0