Yigirma bir yoshga to‘lmaganlarga alkogol va tamaki sotish taqiqlanmoqda

© Sputnik / Konstantin Mihalchevskiy / Mediabankka o‘tishBarmen nalivayet vino v bokal
Barmen nalivayet vino v bokal - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2022
Obuna bo‘lish
Alkogol va tamaki mahsulotlari realizatsiyasi ustidan nazorat kuchaytirilmoqda.
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. O‘zbekistonda 21 yoshga to‘lmagan shaxslarga alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish taqiqlanmoqda. Oliy Majlis Senatining o‘ttiz oltinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonunda shu haqda so‘z boradi.
Senat matbuot xizmati xabariga ko‘ra, qonun bilan alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash bo‘yicha bir qancha yangiliklar kiritilishi kutilmoqda.
Xususan, alkogol va tamaki mahsulotlari, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining yigirma bir yoshga to‘lmagan shaxslarga realizatsiya qilish va ushbu shaxslar tomonidan realizatsiya qilinishi, alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish jarayoniga ushbu shaxslarni jalb etish taqiqlanmoqda. Ushbu yosh chegarasi amaldagi qonunga nisbatan bir yoshga uzaytirilmoqda.
Shuningdek, alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi organlar safi kengaytirilmoqda va ularning sohadagi vakolatlari aniq belgilanmoqda.
Bundan tashqari, alkogol va tamaki mahsulotlari, shuningdek tamaki hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining realizatsiya qilinishiga doir cheklovlar ham kiritilmoqda.
Muhokamalardan so‘ng qonunni senatorlar ma’qullashdi.
Yangiliklar lentasi
0