Yangi yil bayramlari boshlandi: Toshkentdagi tomoshalar manzili, vaqti va chipta narxlari

© SputnikKuda povesti detey v prazdniki
Kuda povesti detey v prazdniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2022
Obuna bo‘lish
Toshkentdagi teatr, konsert zallari, ko‘ngilochar maskanlar bolalar va ularning ota onalari uchun unutilmas tomoshalar tayyorlab qo‘ygan.
TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Yangi yil - zavqli onlar, rang-barang chiroqlar, sovg‘alar, turli xil tomoshalar vaqti. O‘z o‘zidan bayram kunlari "Bolalarni qayerga olib borish kerak?" degan savol paydo bo‘ladi.
Toshkentdagi teatr, konsert zallari, ko‘ngilochar maskanlar bolalar va ularning ota onalari uchun unutilmas tomoshalar tayyorlab qo‘ygan.
Sputnik eng sara va qiziqarli tomoshalar vaqti, manzili va chipta narxlari haqidagi ma’lumotlarni bir joyga jamladi.
© SputnikKuda povesti detey v prazdniki
Kuda povesti detey v prazdniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2022
Kuda povesti detey v prazdniki
“Yangi yil sarguzashtlari Oppog‘oy va yetti gnom” ertagi
Tomosha 27-dekabrdan 3-yanvarga qadar “Zarafshon” konsert zalida o‘tkaziladi. Tomosha vaqti soat 10:00, 12:00, 14:00, 16:00. Chipta narxlari 35 000 - 60 000 so‘m.
“Qor malikasi” muzikli
Muzikl “Xalqaro forumlar saroyi”da 29-dekabrdan 6-yanvargacha bo‘lib o‘tadi. Tomosha vaqti soat 11:00, 13:00, 15:00. Chipta narxlari 30 000 - 150 000 so‘m.
Sirkdagi “Yangi yil mo‘’jizasi”
Tomosha O‘zbekiston davlat sirkida 30-dekabrdan 10 yangvargacha davom etadi. Tomosha vaqti soat 12:00, 14:00, 16:00, 18:00. Chipta narxlari 44 000 - 55 000 so‘m.
“Ajoyib sarguzasht”
Mazkur tomosha 2-3 yanvar kunlari "Tomosha" bolalar musiqali teatr-studiyasida namoyish etiladi. Tomosha vaqti soat 10:30, 11:00, 13:30, 15:00, 16:00. Chipta narxlari 60 000 - 80 000 so‘mga teng.
“Sehrgarlar maktabi”
Spektakl bir kun 5-yanvarda Alisher Navoiy nomidagi kinochilar saroyida (Panorama) bo‘lib o‘tadi. Tomosha vaqti soat 12:30, 15:00. Chipta narxlari 50 000 - 250 000 so‘m.
Muzdagi Bremen musiqachilari
Tomosha “Humo Arena”da 7-8 yanvar kunlari o‘tkaziladi. Tomosha vaqti soat 11:00, 14:00, 17:00. Chipta narxlari 50 000 - 350 000 so‘m.
“Yalmog‘iz kampir”
Tomosha 28-29 dekabr va 7-yanvar kuni "Turkiston" san’at saroyi o‘tkaziladi. Tomosha vaqti 10:00, 14:00, 16:00. Chipta narxlari 40 000 - 65 000 so‘mga teng.
“Qorbobo rus baleti bilan”
Tomosha Moskva davlat akademik teatri tomonidan “Xalqlar do‘stligi” saroyida bir kun 7-yanvar kuni o‘tkaziladi. Tomosha vaqti soat 14:00. Chipta narxlari 50 000 - 500 000 so‘m.
© SputnikKuda povesti detey v prazdniki
Kuda povesti detey v prazdniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2022
Kuda povesti detey v prazdniki
“Ne po-shuchyemu veleniyu”
Tomosha 29-dekabrga qadar Rus drama teatrida bo‘lib o‘tadi. Tomosha vaqti 11:00, 13:00, 15:00. Chipta narxlari 33 000 so‘m.
“Sehrli qarsildoq”
Tomosha 29-dekabrga qadar O‘zbek milliy qo‘g‘irchoq teatrida namoyish etiladi. Tomosha vaqtlari 10:30, 11:00, 12:30. Chipta narxi 27 500 so‘m.
© SputnikGosudarstvenniy akademicheskiy bolshoy teatr imeni Alishera Navoi (GABT)
Gosudarstvenniy akademicheskiy bolshoy teatr imeni Alishera Navoi (GABT) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2022
Gosudarstvenniy akademicheskiy bolshoy teatr imeni Alishera Navoi (GABT)
“Qarsildoqning qaytishi” Yangi yil ertagi
Tomosha 30-dekabr, 3-8 yanvar kunlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat Akademik katta teatrida o‘tkaziladi. Tomosha vaqti 11:00,13:00, 15:00. Chipta narxlari 33 000 - 55 000 so‘m.
“Qora marvarid kapitani”
Spektakl allaqachon O‘zbekiston Davlat drama teatrida namoyish etilmoqda. U 10 yangvarga qadar davom etadi. Tomosha vaqti 10.00, 12.00, 14.00. Chipta narxi 27 500 so‘m.
© SputnikKuda povesti detey v prazdniki
Kuda povesti detey v prazdniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2022
Kuda povesti detey v prazdniki
“Tashkent City” bog‘idagi tomoshalar
Bog‘da tomoshalar 19-dekabrdan boshlangan. Ular 8-yanvargacha davom etadi. Masalan, soat 18:00da amfiteatrda - “Qor malikasi” va 20:00 da bog‘ning katta sahnasida - "Kosmosda yangi yil" tomoshasiga guvoh bo‘lish mumkin. Kirish bepul.
© SputnikKuda povesti detey v prazdniki
Kuda povesti detey v prazdniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2022
Kuda povesti detey v prazdniki
"Tashkent City" planetariysi
Toshkent planetariysida bolalarni qiziqarli o‘yinlar, turli xil tanlovlar kutmoqda. Shuningdek, Yangi yilning asosiy qahramonlari Qorbobo va Qorqiz ishtirokida ham tomoshalar namoyish etiladi. Tadbirlar allaqachon boshlangan va u 5-yanvargacha davom etadi. Kirish 70 ming so‘m.
“Central Park”dagi karnaval
Central Park esa bolalar uchun yangi yil karnavalini tayyorlab qo‘ygan. Tadbir 8-yanvarga qadar davom etadi. Karnaval o‘z ichiga turli konsertlar, tanlovlar va shou-dasturlarni qamrab olgan. Kirish bepul.
© SputnikKuda povesti detey v prazdniki
Kuda povesti detey v prazdniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2022
Kuda povesti detey v prazdniki
“Yangi yil archasi”
Yangi yil archa bayramlariga bag‘ishlangan sayillar bir qator tumanlarda joylashgan ko‘ngil ochar maskanlarda 5-yanvargacha bo‘lib o‘tadi. Sayillarda ishtirok etish bepul.
Shaharning bosh archasi — "Hyatt Regency Tashkent" mehmonxonasi oldidagi maydonda joy oladi.
Yangi yil archasi joylashgan hududlar:
"Navro‘z" bog‘i
"Anhor-Lokomotiv" istirohat bog‘i yonida
Tashkent city bog‘i
Central Park (sobiq Telman) bog‘i
"Yangi O‘zbekiston" bog‘i
"Lokomotiv" bog‘i
G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i
“Humo Arena” muz saroyi oldidagi maydon
Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i
Food City savdo majmuasi oldidagi maydon
"Markaziy xiyobon" bog‘i
Index savdo majmuasi.
"Beruniy" metro bekati yaqinidagi maydon
"Seul eko” bog‘i
“NEXT” ko‘ngilochar-savdo markazi
Ashxobod bog‘i
“Aviasozlar” saroyi oldidagi maydon.
Yangi O‘zbekiston Bog‘i
O‘zbekiston bog‘i dam olish kunlarini maroqli o‘tkazishga taklif etmoqda. Bog‘dagi bayram dasturlari soat 18:00 da boshlanadi. Tomoshalar qiziqarli animatorlar shousi yordamida olib boriladi. Bolalar milliy taomlar va sneklarning yorqin ta’mini his etishlari va qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0