Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahriga keldi - foto

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentini “Pulkovo” xalqaro aeroportida Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga keldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston prezidentini “Pulkovo” xalqaro aeroportida Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
1/2
2/2
Bugun davlat rahbari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining norasmiy sammitida ishtirok etadi. Tadbir kun tartibidan tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.
Ma’lumot uchun, 26-27 dekabr kunlari MDH a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tkaziladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tashabbusi bilan o‘tkaziladigan tadbir kun tartibidan MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.
Hamdo‘stlik mamlakatlari yetakchilari joriy yilning asosiy yakunlarini sarhisob qilishlari va amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashishlari ko‘zda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0