Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburgga jo‘nab ketdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2022
Obuna bo‘lish
Sammitda Hamdo‘stlik mamlakatlari yetakchilari joriy yilning asosiy yakunlarini sarhisob qilishlari va amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashishlari ko‘zda tutilgan.
TOShKENT, 26 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Sammitda Hamdo‘stlik mamlakatlari yetakchilari joriy yilning asosiy yakunlarini sarhisob qilishlari va amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashishlari ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, 26-27 dekabr kunlari MDH a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tkaziladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tashabbusi bilan o‘tkaziladigan tadbir kun tartibidan MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.
Hamdo‘stlik mamlakatlari yetakchilari joriy yilning asosiy yakunlarini sarhisob qilishlari va amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashishlari ko‘zda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0