Rossiya va Qozog‘iston o‘zbek meva va sabzavotlarining asosiy xaridorlariga aylandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFrukti i ovoshi
Frukti i ovoshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston 11 oy davomida bir qator davlatlarga 1,0 mlrd dollarlik meva va sabzavotlar eksport qildi.
TOShKENT, 26 dek — Sputnik. O‘zbekiston eng ko‘p meva va sabzavotlarni Qozog‘iston va Rossiyaga eksport qilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston bir qator davlatlarga 1,0 mlrd dollarlik meva va sabzavotlar eksport qilgan.
O‘zbekiston eng ko‘p meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar:
Qozog‘iston – 606,6 ming tonna;
Rossiya – 512,5 ming tonna;
Qirg‘iziston – 146 ming tonna;
Xitoy – 105,6 ming tonna;
Pokiston – 51,5 ming tonna;
Afg‘oniston – 34,8 ming tonna;
Belarus – 22,8 ming tonna;
Tojikiston – 21,5 ming tonna;
Turkiya – 15 ming tonna;
Eron – 11 ming tonna;
Gruziya – 10,5 ming tonna;
Ozarbayjon – 8,5 ming tonna;
Ukraina – 7,6 ming tonna;
BAA – 6 ming tonna;
Germaniya – 3,1 ming tonna.
Eslatib o‘tamiz, yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston qiymati 903,3 mln dollarga teng bo‘lgan 1,4 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 192 ming tonnaga oshgan.
Avvalroq “Rossiya temir yo‘llari” (RJD) o‘zbek meva va sabzavotlarini tashishga joriy etilgan 50 foiz chegirmani uzaytirdi. Aytilishicha, O‘zbekiston va Tojikistondan Rossiyaga meva va sabzavotlarni tashishga joriy etilgan chegirma 2023-yil oxirigacha amal qiladi.
Yangiliklar lentasi
0