Rossiya oliygohlariga bepul o‘qishga kirish uchun ariza topshirishga oid maslahat beriladi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishObrazovatelniy IT-proyekt
Obrazovatelniy IT-proyekt - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2022
Obuna bo‘lish
Maslahat berish 27-29 dekabr kunlari soat 15:00 da Toshkentdagi Rus uyida bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Rossotrudnichestvo vakolatxonasi Rossiya universitetlarida bepul ta’lim olish uchun arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha bir qator yuzma-yuz guruh maslahatlarini o‘tkazadi.
Education in Russia portalida buning uchun ariza topshirish mumkin.
Maslahat berish 27-29 dekabr kunlari soat 15:00 da Toshkentdagi Rus uyida (Russkiy dom) bo‘lib o‘tadi. Unga kirishni xohlovchilar oldindan ro‘yxatdan o‘tishi kerak.

“Vakolatxona hududiga kirish faqat shaxsni tasdiqlovchi hujjat: pasport, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, ID karta yoki haydovchilik guvohnomasi taqdim etilgandan so‘ng mumkin”, - deya ogohlantiradi “Rus uyi” matbuot xizmati.

30 dekabr kuni soat 12:00 da O‘zbekistondagi kvota kampaniyasi kanalida Toshkent shahrida istiqomat qilmaydiganlar uchun qo‘shimcha onlayn konsultatsiya bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0