O‘zbekistonlik o‘qituvchi xalqaro tanlov g‘olibi bo‘ldi

© "Prepodavanie bez granis"Raxmonov Azizxon, prepodavatel Uzbekskogo gosudarstvennogo universiteta mirovix yazikov, stal pobeditelem mejdunarodnogo konkursa "Prepodavanie bez granis".
Raxmonov Azizxon, prepodavatel Uzbekskogo gosudarstvennogo universiteta mirovix yazikov, stal pobeditelem mejdunarodnogo konkursa Prepodavanie bez granis.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2022
Obuna bo‘lish
“Chegara bilmas ta’lim” xalqaro tanloviga 205 nafar o‘qituvchidan arizalar kelib tushdi. G‘olib va sovrindorlarning tanlov ishlari MDH mamlakatlaridagi rus tili o‘qituvchilarining professional jamoasida tarqatiladigan rasmiy elektron to‘plamda nashr etiladi.
TOShKENT, 26 dek — Sputnik. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘qituvchisi Azizxon Rahmonov “Chegara bilmas ta’lim” xalqaro tanlovi g‘olibiga aylandi.
Xalqaro tanlovga Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistonda ta’lim beruvchi 205 nafar o‘qituvchidan jami 400 dan ortiq ariza kelib tushdi.
Unda MDHdagi maktablar va ochiq ta’lim markazlari, shuningdek rus tilini klassik usullar bo‘yicha hamda innovatsion ta’lim texnologiyalari va o‘zlarining uslubiy ishlanmalaridan foydalangan holda ta’lim beruvchi o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Ular o‘zlarining pedagogik loyihasi tavsifi - darsdan, tadbirdan yoki o‘quvchilar bilan ijodiy ishdan parcha, ta’lim muammolarini hal qilishning qiziqarli uslubiy usullarini ko‘rsatadigan uchtagacha ariza topshirishdi.
Ikki bosqichda o‘tkazilgan tanlovning so‘ngi bosqichiga 12 nafar finalchi yetib keldi.
Quyidagi besh nominatsiya bo‘yicha tanlov g‘oliblari va laureatlar aniqlandi:
Rus tilini o‘qitishga ijodiy yondashuv;
Pedagogik loyiha g‘oyasining o‘ziga xosligi;
O‘qitish texnologiyalaridan foydalanishdagi mahorat;
Rus tilini o‘qitishga innovatsion yondashuv;
Rus tilini o‘qitishga ilmiy yondashuv.
Shunday qilib, g‘olib va ​​sovrindorlarning tanlov ishlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlaridagi rus tili o‘qituvchilarining professional jamoasida tarqatiladigan rasmiy elektron to‘plamda nashr etiladi.
Har bir ishtirokchi shaxsiy sertifikatga ega bo‘ldi.
G‘olib va ​​sovrindorlar shaxsiy diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi:
to‘rtta g‘olibning har birigi 50 000 rubl;
sakkizta laureatning har biri 30 000 rubl.
“Rus tili davlat chegaralarini yengib o‘tadi va odamlarni millatlararo muloqot tili sifatida chinakam birlashtiradi, bu asosan bugungi kunda biz hurmat qiladigan o‘qituvchilarning mahorati tufayli. Umid qilamizki, bunday tashabbuslar o‘qituvchilar o‘z salohiyatlarini yanada ro‘yobga chiqarishlari, kasbiy tajriba almashishlari va rus tilida o‘qitish amaliyotini takomillashtirishlari mumkin bo‘lgan yangi xalqaro platformalarni yaratish va rivojlantirishga yordam beradi”, deydi Xalqaro tashkiliy qo‘mita raisi, AGT aloqa agentligining Ijtimoiy kommunikatsiyalar amaliyoti loyihasi menejeri Yaroslav Kuplinov.
Ma’lumot uchun, mazkur tanlovdan ko‘zlangan maqsad ilg‘or pedagogik tajribalarni aniqlash va tarqatish, chet elda rus tilidan dars beruvchi o‘qituvchilar o‘rtasida professional mintaqaviy va xalqaro aloqalarni mustahkamlashdan iborat.
Tanlovning birinchi bosqichi 10-oktabrda boshlanib, 12-dekabrgacha davom etgan edi. Tanlovda MDHning barcha davlatlaridan o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Yangiliklar lentasi
0