Dvigatellarni ta’mirlash xizmati Rossiya hamkorligida mahalliylashtiriladi

© Foto: “O‘zbekneftgaz” AJBuxoroda Rossiya kompaniyasi bilan hamkorlikda aviatsiya yoqilg‘isi sinovdan o‘tkazildi
Buxoroda Rossiya kompaniyasi bilan hamkorlikda aviatsiya yoqilg‘isi sinovdan o‘tkazildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2022
Obuna bo‘lish
"Uralskiy zavod grajdanskoy aviatsii" AJ va “O‘zbekneftgaz” AJ mutaxassislari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida bir qator kelishuvlarga erishildi.
TOShKENT, 26 dek — Sputnik. “O‘zbekneftgaz” balansidagi dvigatellarni ta’mirlash xizmati Rossiya hamkorligida mahalliylashtiriladi. Bu haqda kompaniya matubot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Uralskiy zavod grajdanskoy aviatsii” AJ va “O‘zbekneftgaz” AJ mutaxassislari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida bir qator kelishuvlarga erishildi.
Tomonlar mahalliylashtirish va kooperatsiya aloqalarini kuchaytirish, yangi loyihalarini o‘zlashtirish va dvigatellarini ta’mirlash xizmatlari xarid qilish masalalarini muhokama qilishdi.
O‘zbekneftgaz” korxonalari va boshqarmalari har xil turdagi dvigatellarni kapital va joriy ta’mirlashga doimiy ehtiyojga ega. Balansida jami 100 dan ortiq dvigatellar bo‘lib, shundan gazturbinali dvigatellar, kuchlanish turbinalar, gazporshenli dvigatellar hamda elektrdvigatellari mavjud.
“Yuqoridagilarni hisobga olgan holda respublika hududida ta’mirlash ishlarini mahalliylashtirish nafaqat O‘zbekneftgazning valyuta mablag‘larini tejash, balki ta’mirlash ishlarini jadallashtirilgan rejimda amalga oshirish imkoniniyatlarini kengaytiradi”, deyiladi xabarda.
Muzokara davomida korxonalar balansidagi jami ta’mirlash lozim bo‘lgan dvigatellar ro‘yxati va ular bo‘yicha texnik ma’lumotlar bilan tanishish, dvigatellarni atroflicha o‘rganish uchun joylarda uchrashuvlar tashkil etish muhimligi qayd etildi.
Shu maqsadda 2023-yilning yanvar oyida rahbariyat va mutaxassislar ishtirokida “O‘zbekneftgaz” AJda navbatdagi uchrashuvni o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, “Uralskiy zavod grajdanskoy aviatsii” AJ 1939-yilda tashkil etilgan. Zavod har xil turdagi dvigatellarni, shu jumladan neft va gaz sanoatida foydalanadigan gaz turbinali dvigatellarni ta’mirlashda 60-yildan ortiq tajribaga ega. Ushbu zavod bir yilda 1000 dan ortiq texnikani ta’mirlash quvvatiga ega.
Yangiliklar lentasi
0