https://oz.sputniknews.uz/20221225/xitoy-armiyasi-tayvan-yaqinida-harbiy-mashgulotlar-otkazdi-31028022.html
Xitoy armiyasi Tayvan yaqinida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi
Xitoy armiyasi Tayvan yaqinida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi
Sputnik O‘zbekiston
Bu mashg‘ulotlar Xitoyning Tayvan masalasi bo‘yicha so‘nggi paytlarda avj olgan AQShning provokatsion harakatlariga “qattiq javobi”dir. 25.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-25T17:50+0500
2022-12-25T17:50+0500
2022-12-25T17:50+0500
dunyoda
xitoy
tayvan
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/1a/16079776_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_0894b39ab763331ffe25c44e88b57342.jpg
TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Xitoy Qurolli kuchlari yakshanba kuni Tayvan oroli yaqinida turli xil harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi, deya ma’lum qildi Xitoy xalq ozodlik armiyasi (XOA) Sharqiy jangovar qo‘mondonligi matbuot kotibi Shi I. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.Uning ta’kidlashicha, bu mashg‘ulotlar Xitoyning Tayvan masalasi bo‘yicha so‘nggi paytlarda avj olgan AQShning provokatsion harakatlariga “qattiq javobi”dir.Shi Ining ta’kidlashicha, XOA jangovar qo‘mondonligining Sharqiy zonasi qo‘shinlari Xitoyning davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishda davom etadi.Tayvan atrofidagi vaziyat AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining avgust oyi boshida orolga tashrifidan keyin sezilarli darajada keskinlashdi.Orolni o‘z viloyatlaridan biri deb bilgan Xitoy bu harakatni AQShning Tayvan separatizmini qo‘llab-quvvatlayotganining nishonasi deb hisoblab, Pelosining tashrifini qoraladi va keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.XXR markaziy hukumati va uning orol provinsiyasi o‘rtasidagi rasmiy munosabatlar 1949-yilda Xitoy Kommunistik partiyasi bilan fuqarolar urushida mag‘lub bo‘lgan Chan Kayshi boshchiligidagi gomindan qo‘shinlari Tayvanga ko‘chib o‘tganidan so‘ng uzilgan. Orol va materik Xitoy o‘rtasidagi biznes va norasmiy aloqalar 1980-yillarning oxirida qayta tiklandi. 1990-yillarning boshidan tomonlar nodavlat tashkilotlar – Tayvan bo‘g‘ozi orqali aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha Pekin assotsiatsiyasi va Bo‘g‘ozlar bo‘ylab almashinuv bo‘yicha Taybey jamg‘armasi orqali aloqa o‘rnatishni boshladilar.
xitoy
tayvan
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/1a/16079776_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_1939bda26d39c9af3b65329e749fc2d5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, xitoy, tayvan
Xitoy armiyasi Tayvan yaqinida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi
Bu mashg‘ulotlar Xitoyning Tayvan masalasi bo‘yicha so‘nggi paytlarda avj olgan AQShning provokatsion harakatlariga “qattiq javobi”dir.
TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Xitoy Qurolli kuchlari yakshanba kuni Tayvan oroli yaqinida turli xil harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi, deya ma’lum qildi Xitoy xalq ozodlik armiyasi (XOA) Sharqiy jangovar qo‘mondonligi matbuot kotibi Shi I. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
“Xalq ozodlik armiyasining Sharqiy jangovar qo‘mondonlik zonasi 25-dekabr kuni Tayvan oroli atrofidagi dengiz va havo bo‘shlig‘ida turli qo‘shinlar qo‘shma patrul va amaliy harbiy mashg‘ulotlarini tashkil qildi”, - deydi Shi I Sharqiy jangovar qo‘mondonligining WeChat ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilingan bayonotda.
Uning ta’kidlashicha, bu mashg‘ulotlar Xitoyning Tayvan masalasi bo‘yicha so‘nggi paytlarda avj olgan AQShning provokatsion harakatlariga “qattiq javobi”dir.
Shi Ining ta’kidlashicha, XOA jangovar qo‘mondonligining Sharqiy zonasi qo‘shinlari Xitoyning davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishda davom etadi.
Tayvan atrofidagi vaziyat AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining avgust oyi boshida orolga tashrifidan keyin sezilarli darajada keskinlashdi.
Orolni o‘z viloyatlaridan biri deb bilgan Xitoy bu harakatni AQShning Tayvan separatizmini qo‘llab-quvvatlayotganining nishonasi deb hisoblab, Pelosining tashrifini qoraladi va keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.
XXR markaziy hukumati va uning orol provinsiyasi o‘rtasidagi rasmiy munosabatlar 1949-yilda Xitoy Kommunistik partiyasi bilan fuqarolar urushida mag‘lub bo‘lgan Chan Kayshi boshchiligidagi gomindan qo‘shinlari Tayvanga ko‘chib o‘tganidan so‘ng uzilgan. Orol va materik Xitoy o‘rtasidagi biznes va norasmiy aloqalar 1980-yillarning oxirida qayta tiklandi. 1990-yillarning boshidan tomonlar nodavlat tashkilotlar – Tayvan bo‘g‘ozi orqali aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha Pekin assotsiatsiyasi va Bo‘g‘ozlar bo‘ylab almashinuv bo‘yicha Taybey jamg‘armasi orqali aloqa o‘rnatishni boshladilar.