Prezidentning yana bir maslahatchisiga o‘rinbosar tayinlandi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovMujchina s portfelem
Mujchina s portfelem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2022
Obuna bo‘lish
Rahim Hakimov oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
TOShKENT, 25 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan Rahim Rasuljonovich Hakimov prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Shu munosabat bilan u oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Rahim Hakimov 1983-yilda tug‘ilgan. U Namangan davlat universiteti (2003) va Toshkent davlat yuridik universiteti (2005) bitiruvchisi.
Mehnat faoliyati davomida Prezident huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutida ishlagan. 2015-yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan. 2015−2017 yillarda Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi a’zosi, 2017-yildan Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori, 2018-yildan — Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi sifatida ishlagan.
2019 yil sentabr oyida Adliya vaziri o‘rinbosari — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlangan. 2021-yil iyun oyida u oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Avvalroq Murtaza Mamatqulovich Qarshiboyev Prezident maslahatchisi – Spichrayteri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Yangiliklar lentasi
0