Prezident hamda nomdor davlat stipendiyalari g‘oliblari aniqlandi

© Sputnik / Zafar XalilovSum
Sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2022
Obuna bo‘lish
600 ga yaqin talaba prezident va nomdor stipendiyalar sohibiga aylandi.
TOShKENT, 25 dek — Sputnik. 2022/2023-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining 566 nafar talabasi O‘zbekiston prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotigako‘ra:
Prezident davlat stipendiyasi — 72 nafar;
Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi — 100 nafar;
Navoiy nomli davlat stipendiyasi — 234 nafar;
Beruniy nomli davlat stipendiyasi — 95 nafar;
Ulug‘bek nomli davlat stipendiyasi — 26 nafar;
Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi — 22 nafar;
Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasi — 3 nafar;
Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyasi — 8 nafar;
To‘lepbergen Qaipbergenov nomli davlat stipendiyasi — 6 nafar talabaga beriladi.
Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan talabalar rektor tomonidan tasdiqlangan sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravaridagi bir martalik pul mablag‘i bilan mukofotlanadi.
Shuningdek, nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida qatnashib, sovrindor bo‘lolmagan talabalar ham sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravaridagi bir martalik pul mablag‘i bilan rag‘batlantiriladi.
Yangiliklar lentasi
0