Ozarbayjon va O‘zbekiston 700 million dollarlik loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda

© Foto : Ministry of Economy (Azerbaijan)Vo vremya vstrechi
Vo vremya vstrechi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2022
Obuna bo‘lish
Tomonlar Xalqaro avtomobil transporti bo‘yicha Aralash komissiyaning birinchi yig‘ilishini o‘tkazishning tashkiliy jihatlari kelishib oldi.
TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Boku va Toshkent umumiy qiymati 700 million dollardan ortiq bo‘lgan beshta yirik loyihani amalga oshirishning moliyaviy va texnik jihatlari ustida ishlamoqda, deya xabar berdi O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, 24-dekabr kuni O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev va Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikayil Jabborov savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va logistika sohalarida ikki tomonlama hamkorlikning keng ko‘lamli kun tartibi ko‘rib chiqqan.
O‘zaro savdoning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. 2021-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 42 foizga, joriy yil boshidan esa yana 52 foizga oshdi.
“Sanoat kooperatsiyasi va sarmoyaviy sheriklik sohasidagi hamkorlik ikki tomonlama munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston-Ozarbayjon Investitsiya jamg‘armasini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma ishlarni jadallashtirish, shuningdek, umumiy qiymati 700 million dollardan ortiq bo‘lgan 5 ta yirik loyihaning moliyaviy-texnikaviy jihatlarini ishlab chiqishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi. Mazkur yo‘nalishlarda sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha Ishchi guruh tuzishga kelishildi”, - deyiladi xabarda.
Muzokaralarda qo‘shma korxonalarni, jumladan, avtomobillar ishlab chiqarish, zargarlik buyumlari va yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlariga alohida e’tibor qaratildi.
“Kun tartibida transport-logistika sohasida hamkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi ham muhim o‘rin tutdi. Ikki mamlakat hududlari orqali yuklarni, jumladan, kundalik ehtiyojdagi tovarlarni tashish hajmini bir necha barobar oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini muhokama qilish maqsadida Xalqaro avtomobil transporti bo‘yicha Aralash komissiyaning birinchi yig‘ilishini o‘tkazishning tashkiliy jihatlari kelishib olindi”, - deyiladi rasmiy xabarda.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar Ozarbayjon-O‘zbekiston Investitsiya jamg‘armasini tashkil etish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Mazkur jamg‘arma ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Ma’lumot uchun, Rossiya O‘zbekistonning asosiy sarmoyaviy hamkori bo‘lib qolmoqda. Respublikadagi kapital qo‘yilmalarning umumiy hajmining 20 foizdan ortig‘i Rossiya Federatsiyasi hissasiga to‘g‘ri keladi. Shu yilning o‘tgan 11 oyi davomida Rossiya kapitali ishtirokida 942 ta yangi korxona ochilgan.
2022 yilning yanvar-sentabr oylarida jami investitsiyalar hajmi 190 trillion so‘mni tashkil etdi. Shundan 72 trillion so‘m xorijiy investitsiyalar va kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Xorijiy investitsiyalar hajmi bo‘yicha Rossiyadan keyin, ikkinchi o‘rinda Xitoy – 19,9 foiz, uchinchi o‘rinda Turkiya – 10,4 foiz turibdi.
O‘tgan yili mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 7,5 milliard dollarga oshgan bo‘lsa, joriy yil boshidan buyon tovar ayirboshlash hajmi 30 foizga taga ko‘paydi, qo‘shma korxonalar soni 2565 taga yetdi.
Yangiliklar lentasi
0