Yangi yilda qayerga borsa bo‘ladi: Toshkent, Samarqand va Buxorodagi TOP-9 ta tomoshalar

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovNovogodnie tovari na prilavkax Tashkenta.
Novogodnie tovari na prilavkax Tashkenta. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent, Samarqand va Buxorodagi asosiy bayram tadbirlari haqida ma’lumotga ega bo‘ling.
Yangi yil sayllari, yoshlarbop shoular va bolalar uchun spektakllar. Yangi yil bayramida qayerga borish kerak – batafsil Sputnik materialida o‘qing.

Toshkent

Tashkent City bog‘idagi yangi yil tomoshalari
Bog‘ga tashrif buyuruvchilarni amfiteatrda bo‘lib o‘tadigan “Qor malikasi”angi yil spektakli va asosiy sahnada o‘tkaziladigan “Kosmosda yangi yil” katta konserti kutmoqda.
Kirish bepul
Manzil: Tashkent City
Humo Arena’dagi Yangi yil festivali
Mehmonlarni animatorlar paradi, shou-dastur, teatrlashtirilgan tomosha va mushakbozlik kutmoqda.
Chipta narxi: 10 mingdan 20 ming so‘mgacha
Manzil: Humo Arena
Vaqti: soat 19:00 da
Ma’lumot uchun telefon: (+998) 71−207−1071, (+998) 71−207−2072
Yangi yil yarmarkasi
Tashrif buyuruvchilarni o‘zbek ustalari yasagan buyumlardan iborat yarmarka kutmoqda. Bu yerda siz uy dekoratsiyasi, Yangi yil shirinlilkari va boshqa ko‘plab narsalarni sotib olishingiz mumkin. Yarmarka 23-dekabrdan 5-yanvargacha davom etadi.
Kirish bepul
Manzil:Central Park

Samarqand

Silk Road Samarkand yoshlar kechasi
SilkRoad Samarkand’da Yangi yil kechasi o‘tkaziladi. Mehmonlarni MC MS Doni, Natan i Kristina Si’ning chiqishlari, shuningdek, dijeydan sovg‘alari va musiqiy to‘plami kutmoqda.
Chipta narxi: 350 ming so‘m
Manzil: Silk Road Samarkand
Vaqti: soat 18:00 da
Ma’lumot uchun telefon: (+998) 71−207−1071, (+998) 71−207−2072
“Boqiy shahar”dagi bayramona sayllar
Mehmonlarni Yangi yil muhiti, yarmarka, estrada yulduzlari – Lola, Rayhon va “Benom” guruhining chiqishlari kutmoqda. Shuningdek, Qorbobo va Qorqiz bilan maxsus shou dasturi.
Chipta narxi 10 mingdan 30 ming so‘mgacha
Manzil: Silk Road Samarkand
Vaqti: soat 10:00 dan 20:00 gacha
Ma’lumot uchun telefon: (+998) 71−207−1071, (+998) 71−207−2072
Yangi yil spektakli namoyishi
Samarqand viloyat rus drama teatri sahnasida “Snejniy bum” yangi yil spektakli namoyish etiladi. Tomoshabinlarni Qorbobo va Qorqiz ishtirokidagi spektakl, ertak qahramonlari va hayajonli sujet kutmoqda.
Chipta narxi: 60 ming so‘m
Manzil: Samarqand viloyat rus drama teatri (Chexov teatri)
Vaqti: soat 11:00/13:00/15:00
Ma’lumot uchun telefon: (+998) 90-600-17-26

Buxoro

Yangi yil kechasi
Mehmonlarni Qorbobo va Qorqiz ishtirokidagi karnaval shousi, tanlovlar va raqslar kutmoqda.
manzil: “Yetti yulduz” sport majmuasi
Ma’lumot uchun telefon: (+998) 94-121-02-00
“Qorboboning mo‘’jizalari” bolalar musiqiy spektakli
Kichkina mehmonlarni surprizlar, tanlovlar va diskotekadan iborat shou dasturi kutmoqda. Yangi yil liboslari samimiy qarshi olinadi.
Manzil: “Shirin” bolalar ko‘ngilochar markazi
Ma’lumot uchun telefon: (+998) 311-00-25
“12 oy” ertak-spektakli
Buxoro qo‘g‘irchoq teatri sahnasida qo‘g‘irchoqlar ijrosida rus va o‘zbek tillarida spektakl namoyish etiladi.
Manzil: Buxoro qo‘g‘irchoq teatri
Ma’lumot uchun telefon: (+998) 222-24-40
Yangiliklar lentasi
0