https://oz.sputniknews.uz/20221224/toqqizta-agentlik-tugatilmoqda-31009325.html
To‘qqizta agentlik tugatilmoqda
To‘qqizta agentlik tugatilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Tugatiladigan davlat boshqaruvi organlari faoliyati tegishli vazirlik va idoralar o‘rtasida taqsimlanadi. 24.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-24T12:09+0500
2022-12-24T12:09+0500
2022-12-24T12:09+0500
jamiyat
farmon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/0c/22163040_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_83fc93fd2b0b372dfc8a31ad7d7fa29d.jpg
TOShKENT, 24 dek — Sputnik. 2023-yil 1-yanvardan 12 ta davlat boshqaruvi organlari vazifa va funksiyalari tegishli vazirlik va idoralarga o‘tkazilgan holda tugatiladi. Bu haqda prezidentning “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi.Farmonga muvofiq tugatiladigan idoralar:Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi – Qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq vazifa va funksiyalari Qishloq xo‘jaligi vazirligiga, sanoatni rivojlantirish bilan bog‘liq vazifa va funksiyalari esa Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga o‘tkazilmoqda;Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi – vazifa va funksiyalari tegishincha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi orasida taqsimlanmoqda;Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi – vazifa va funksiyalari Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga o‘tkazilmoqda;Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi – vazifa va funksiyalari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘tkazilmoqda;Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi – vazifa va funksiyalari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘tkazilmoqda;Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi – vazifa va funksiyalari Suv xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazilmoqda;Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi – vazifa va funksiyalari Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga o‘tkazilmoqda;Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi – vazifa va funksiyalari Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga o‘tkazilmoqda;Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi “O‘zbekchorvanasl” agentligi – vazifa va funksiyalari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga o‘tkazilmoqda;Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi – vazifa va funksiyalari tegishincha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi orasida taqsimlanmoqda;Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi – vazifa va funksiyalari Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga o‘tkazilmoqda;Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi – vazifa va funksiyalari Sog‘liqni saqlash vazirligiga o‘tkazilmoqda.Eslatib o‘tamiz, farmon bilan 1-yanvardan vazirliklar soni 25 tadan 21 taga qisqartirilmoqda. Shuningdek, bosh vazirning 8 nafar o‘rinbosari 4 nafari qoldirilyapti.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/0c/22163040_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_366935b791c08f414fbc2f0ee99642fa.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, farmon
To‘qqizta agentlik tugatilmoqda
Tugatiladigan davlat boshqaruvi organlari faoliyati tegishli vazirlik va idoralar o‘rtasida taqsimlanadi.
TOShKENT, 24 dek — Sputnik. 2023-yil 1-yanvardan 12 ta davlat boshqaruvi organlari vazifa va funksiyalari tegishli vazirlik va idoralarga o‘tkazilgan holda tugatiladi. Bu haqda prezidentning “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida
belgilandi.
Farmonga muvofiq tugatiladigan idoralar:
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi – Qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq vazifa va funksiyalari Qishloq xo‘jaligi vazirligiga, sanoatni rivojlantirish bilan bog‘liq vazifa va funksiyalari esa Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga o‘tkazilmoqda;
Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi – vazifa va funksiyalari tegishincha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi orasida taqsimlanmoqda;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi – vazifa va funksiyalari Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga o‘tkazilmoqda;
Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi – vazifa va funksiyalari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘tkazilmoqda;
Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi – vazifa va funksiyalari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘tkazilmoqda;
Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi – vazifa va funksiyalari Suv xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazilmoqda;
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi – vazifa va funksiyalari Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga o‘tkazilmoqda;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi – vazifa va funksiyalari Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga o‘tkazilmoqda;
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi “O‘zbekchorvanasl” agentligi – vazifa va funksiyalari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga o‘tkazilmoqda;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi – vazifa va funksiyalari tegishincha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi orasida taqsimlanmoqda;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi – vazifa va funksiyalari Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga o‘tkazilmoqda;
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi – vazifa va funksiyalari Sog‘liqni saqlash vazirligiga o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, farmon bilan 1-yanvardan vazirliklar soni 25 tadan 21 taga
qisqartirilmoqda. Shuningdek, bosh vazirning 8 nafar o‘rinbosari 4 nafari
qoldirilyapti.