Turizm

Oʻzbekistonga kelasi yil 7 mln sayyoh kelishi kutilmoqda

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Mediabankka oʻtishTuristы na odnoy iz ulits Buxarы.
Turistы na odnoy iz ulits Buxarы. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.12.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Mehmonxonalarda xizmat koʻrsatish sifatini oshirishda Rossiya, Chexiya, Turkiya, BAA, Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik yanada kengaytiriladi.
TOSHKENT, 24 dek — Sputnik. Oʻzbekistonga 2023 yilda 7 mln nafar xorijiy sayyoh kelishi kutilmoqda. Bu haqda bugun Toshkentdagi "Wyndham" mehmonxonasida Oʻzbekiston mehmonxonalar uyushmasi tashkillashtirgan biznes hamkorlar nonushtasida aytib oʻtildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Unda yil sarhisobi hamda 2023 yil rejalari haqida soʻz bordi. Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov sayyohlar havo transporti logistikasida muammoga duch kelishi kerak emasligini taʼkidladi.

“Oʻzbekistonning turizm salohiyati kundan kunga ortib bormoqda. Ayniqsa, Oʻzbekiston havo yoʻllari sohasida yangilanishlar va top-parvozlar uyushtirish lozim. Xorijiy sayyohlar havo yoʻllari logistikasida umuman muammoga duch kelmasligi lozim”, - dedi Abduhakimov.

2022 yilda 4,7 mln nafar sayyoh kelgan boʻlsa, kelgusi yilda 7 mln nafar xorijiy turist kelishi va mahalliy sayyohlar soni 12 mln nafarga yetishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, uyushma tomonidan mehmonxonalarda xizmat koʻrsatish sifatini oshirishda qator davlatlar, xususan, Rossiya bilan hamkorlik yanada kengaytiriladi.
Maʼlumot uchun, 2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida 3,6 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,5 mln nafarga yoki 3,2 baravarga oshgan.
Yangiliklar lentasi
0