https://oz.sputniknews.uz/20221224/moskvada-ozbekiston-kinosi-kunlari-bolib-otadi-31010411.html
Moskvada “O‘zbekiston kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi
Moskvada “O‘zbekiston kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi
Sputnik O‘zbekiston
“O‘zbekiston kinosi kunlari”ning ochilish marosimida “Ayol qismati” filmi namoyish etiladi. 24.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-24T12:40+0500
2022-12-24T12:40+0500
2022-12-24T12:40+0500
madaniyat
o‘zbek kino
moskva
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/18/31010259_0:119:1280:839_1920x0_80_0_0_4ba00f563cd064100496b1e3e2d83a94.jpg
TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Bugun Moskvaning “Illyuzion”kinoteatrida “O‘zbekiston kinosi kunlari”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov rahbarligidagi bir guruh o‘zbekistonlik kinoijodkorlar Rossiyaning Moskva shahrida bo‘lib turibdi. Tarixiy “Mosfilm” kinostudiyasida o‘zbekistonlik kinoijodkorlar bilan ijodiy uchrashuv va jurnalistlar uchun press-tur tashkil etilgan.“O‘zbekiston kinosi kunlari”ning ochilish marosimida “Ayol qismati” filmi namoyish etiladi.23 dekabr kuni Rossiyadagi milliy madaniy tadbir oldidan Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligining Kinematografiya va raqamli rivojlantirish departamenti direktori o‘rinbosari Svetlana Frinchinskaya, “Mosfilm” kinokonserni bosh direktori Karen Shaxnazarov, “Soyuzmultfilm” kinostudiyasining bosh produseri Yuliya Osetinskaya, O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, “O‘zbekfilm” kinokonserni direktori Bahodir Odilov, BDKI professori Odelsha Agishev, Agentlik xalqaro bo‘limi xodimi Sayyora Xudoyberdiyeva, rejissorlar Rashid Malikov, Dilmurod Masaidov ishtirokida konferensiya o‘tkazilgan. Uchrashuvda rus-o‘zbek hamkorlik loyihalari masalasi muhokama qilingan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/18/31010259_2:0:1279:958_1920x0_80_0_0_7b8fab61800b9fd9ad3183c597012a36.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, o‘zbek kino, moskva
madaniyat, o‘zbek kino, moskva
Moskvada “O‘zbekiston kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi
“O‘zbekiston kinosi kunlari”ning ochilish marosimida “Ayol qismati” filmi namoyish etiladi.
TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Bugun Moskvaning “Illyuzion”kinoteatrida “O‘zbekiston kinosi kunlari”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov rahbarligidagi bir guruh o‘zbekistonlik kinoijodkorlar Rossiyaning Moskva shahrida bo‘lib turibdi. Tarixiy “Mosfilm” kinostudiyasida o‘zbekistonlik kinoijodkorlar bilan ijodiy uchrashuv va jurnalistlar uchun press-tur tashkil etilgan.
“O‘zbekiston kinosi kunlari”ning ochilish marosimida “Ayol qismati” filmi namoyish etiladi.
23 dekabr kuni Rossiyadagi milliy madaniy tadbir oldidan Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligining Kinematografiya va raqamli rivojlantirish departamenti direktori o‘rinbosari Svetlana Frinchinskaya, “Mosfilm” kinokonserni bosh direktori Karen Shaxnazarov, “Soyuzmultfilm” kinostudiyasining bosh produseri Yuliya Osetinskaya, O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, “O‘zbekfilm” kinokonserni direktori Bahodir Odilov, BDKI professori Odelsha Agishev, Agentlik xalqaro bo‘limi xodimi Sayyora Xudoyberdiyeva, rejissorlar Rashid Malikov, Dilmurod Masaidov ishtirokida konferensiya o‘tkazilgan. Uchrashuvda rus-o‘zbek hamkorlik loyihalari masalasi muhokama qilingan.