Harbiy prokurorga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

© Uznews.uzProkuratura
Prokuratura - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2022
Obuna bo‘lish
Otabek Xolboyev harbiy prokurorning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.
TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan O‘zbekiston harbiy prokuroriga ikki o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Adliya polkovnigi Otabek Xolboyev O‘zbekiston harbiy prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Toshkent shahar harbiy prokurori lavozimida faoliyat olib borgan.
Adliya podpolkovnigi Qahramon Isroilov harbiy prokurorning o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Navoiy viloyati harbiy prokurori bo‘lib ishlayotgan edi.
Shuningdek, O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan Toshkent shahar prokurori Ulug‘bek Qosimovga 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi maxsus unvoni berildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Botir Qudratxo‘jayev bosh prokuror o‘rinbosari – harbiy prokuror bo‘lgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0