https://oz.sputniknews.uz/20221224/bosh-vazirning-orinbosari-soni-ikki-baravarga-qisqaradi-31008213.html
Bosh vazirning o‘rinbosari soni ikki baravarga qisqaradi
Bosh vazirning o‘rinbosari soni ikki baravarga qisqaradi
Sputnik O‘zbekiston
Vazirlar Mahkamasining qator kotibiyat va departamentlari ham tugatildi. 24.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-24T10:17+0500
2022-12-24T10:17+0500
2022-12-24T10:17+0500
jamiyat
farmon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/527/84/5278487_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_a8610f38333d6ff90da63ac6e4e54649.jpg
TOShKENT, 24 dek — Sputnik. O‘zbekiston Bosh vazirining amaldagi 8 nafari o‘rinbosari o‘rniga 4 nafari qoldirilmoqda. Bu haqda prezidentning “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi.Farmonga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida iqtisodiyot va ijtimoiy sohalar bo‘yicha kotibiyatlar, departamentlar va ular huzuridagi bo‘limlar, shuningdek, Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi, Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘limi tugatildi.Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida:Vazirlar Mahkamasi apparatining tuzilmalarini maqbullashtirish munosabati bilan bo‘shayotgan mablag‘lar Bosh vazir kotibiyati o‘rnak ko‘rsatgan boshqaruv xodimlarining natijadorligi asosida qo‘shimcha rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.Eslatib o‘tamiz, mazkur farmonga muvofiq Vazirlar Mahkamasi tizimidagi vazirliklar soni 25 tadan 21 taga qisqartirilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/527/84/5278487_150:0:1050:675_1920x0_80_0_0_2508ee1af0c425127a289cfd408b7e3b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, farmon
Bosh vazirning o‘rinbosari soni ikki baravarga qisqaradi
Vazirlar Mahkamasining qator kotibiyat va departamentlari ham tugatildi.
TOShKENT, 24 dek — Sputnik. O‘zbekiston Bosh vazirining amaldagi 8 nafari o‘rinbosari o‘rniga 4 nafari qoldirilmoqda. Bu haqda prezidentning “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida
belgilandi.
Farmonga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida iqtisodiyot va ijtimoiy sohalar bo‘yicha kotibiyatlar, departamentlar va ular huzuridagi bo‘limlar, shuningdek, Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi, Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘limi tugatildi.
Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida:
Bosh vazirning 4 nafargacha o‘rinbosarlari lavozimi;
Hukumat rahbari faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahliliy va protokol jihatdan ta’minlaydigan Bosh vazir kotibiyati tashkil etildi.
Vazirlar Mahkamasi apparatining tuzilmalarini maqbullashtirish munosabati bilan bo‘shayotgan mablag‘lar Bosh vazir kotibiyati o‘rnak ko‘rsatgan boshqaruv xodimlarining natijadorligi asosida qo‘shimcha rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur farmonga muvofiq Vazirlar Mahkamasi tizimidagi vazirliklar soni 25 tadan 21 taga qisqartirilmoqda.