Zelenskiyning AQShga tashrifi nimalarga olib keladi?

© © RIA Novosti / Stringer/Pereyti v mediabankVizit Vladimira Zelenskogo v SShA
Vizit Vladimira Zelenskogo v SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2022
Obuna bo‘lish
Amerikaning yirik OAVlariga ko‘ra, Vashingtondagi muzokaralarda Ukraina prezidenti o‘z maqsadlariga erisha olmagan.
Shu bilan birga, ba’zi kongressmenlarning ta’kidlashicha, uning parlamentdagi chiqishi muloqot qilishga harakat emas, balki spektaklga o‘xshagan. Nega Zelenskiyga Yangi yil uchun “barcha sovg‘alar” berilmadi – RIA Novosti materialida

"Rojdestvo o‘g‘rilari"

AQShga tashrif Zelenskiyning maxsus operatsiya boshlangandan buyon amalga oshirgan ilk xorijiy tashrifi bo‘ldi.Uning asosiy maqsadi qurol-yaroqlarning yangi ta’minoti haqida kelishib olish bo‘lgan. Shuning uchun kongressda u ancha vaqt ukrain askarlarining qahramonligi, okean ortida turib ham qochib bo‘lmayotgan Rossiya tahdidi, avvalo dunyo hamjamiyatining har kungi qo‘llab-quvvatloviga muhtoj bo‘lgan Kiyevning bardoshi haqida gapirdi.
Deputatlar Zelenskiyni o‘z tug‘ishgani kabi qarshi olishdi. Nutqni 18 marotaba olqishlar bilan bo‘lishdi. Va bu u nimani so‘rasa, hammasini berishadigandek tuyulardi. Biroq noyabr boshida AQShda bo‘lib o‘tgan oraliq saylovlar ko‘p narsani o‘zgartirdi. Parlamentning quyi palatasi Kiyev rejimini moliyalashtirish masalasiga shubha bilan qaraydigan Respublikachilar partiyasiga o‘tdi.
The Washington Post xabariga ko‘ra, Zelenskiyning nutqidan so‘ng vakillar palatasining respublikachilar rahbari Kevin Makkarti Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini, ammo Amerikaning yordami u yerda qanday foydalanayotgani tekshirish istagi borligini aytgan. Koloradodan kongressmen Loren Bobert va Floridadan Mett Gayets yuqori martabali mehmonga umuman qarsak chalmagan. Texasdan deputat Chip Roy ko‘rganlarini Kongressni tark etayotgan rahbariyat tomonidan uyushtirilgan “siyosiy teatr” deb atagan. 213 nafar kongressmen-respublikachilardan atigi 86 nafari Zelenskiyni tinglash uchun keldi, deb yozadi Hill gazetasi.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, 22-dekabr kuni demokratik partiya Kiyevga 45 milliard dollarlik yordam paketini ajratish haqida tezda ovoz berishni istagan. Ammo buni ikkinchi urinishda qilgan. Birinchi urinishda respublikachilar tashabbusga to‘sqinlik qilishgan. Senator-demokrat Kris Kuns uning bir qancha partiyadoshlari ham tashabbusga qarshi bo‘lishganini ta’kidlagan.
© © AP Photo / Carolyn KasterPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy vistupayet na sovmestnom zasedanii kongressa v Vashingtone
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy vistupayet na sovmestnom zasedanii kongressa v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2022
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy vistupayet na sovmestnom zasedanii kongressa v Vashingtone
Jo Bayden Zelenskiyni Kiyevga qancha yordam kerak bo‘lsa, Vashington hammasida qo‘llab-quvvatlashiga ishontirgan. Hatto respublikachilar qaysarlik qilganda ham, Ukraina armiyasini lend-liz bo‘yicha ta’minlash mumkin. Taxmin qilinishicha, xuddi Ikkinchi jahon urushida bo‘lgani kabi, yordam olayotganlar faqat jangovar harakatlar tugaganidan keyin omon qolgan narsalar bilan to‘laydi.

Tinchlik uchun tanklar

Umuman olganda, prezidentlar darajasida ham hammasi silliq bo‘lmagan. Shaxsan uchrashuvda Zelenskiy Rossiya rahbari Vladimir Putinni haqoratlashdan uyalmagan. Amerikalik ancha bosiq bo‘lgan. The Washington Post buni Vashingtonning Moskva bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilikni istamasligi bilan izohlamoqda.
Aynan shu sababli u Ukrainaga M1 Abrams tanklarini berishdan bosh tortgan. Baydenning so‘zlariga ko‘ra, bu NATO ahilligiga putur yerkazishi mumkin, chunki unda Rossiya bilan to‘qnashuvga chiqmoqchi bo‘lganlar kam. Bungacha Pentagon Kiyevning shundoq ham jangovar mashinalari yetarli ekani, amerikancha modellar ancha murakkabligini aytib kelgandi. Ahamiyatlisi shundaki, avvalroq amerikaliklar yetkazib bermaguncha, Germaniya "Ambram" lar jo‘natishni istamasligini bildirgan edi.
Politico nashri Zelenskiyning xafsalasi pir bo‘ldi, deb yozmoqda. “Biz ko‘proq Patriotlar” olishni istagandik (va’da berishganidek bir divizion emas) , - degan u amerikalik amaldorlar va jurnalistlar orasida. Va "afsusdaman" deya qo‘shimcha qilgan.
© © RIA Novosti / Stringer/Pereyti v mediabankSupruga prezidenta SShA Djo Baydena Djil, prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy i prezident SShA Djo Bayden vo vremya vstrechi v Belom dome
Supruga prezidenta SShA Djo Baydena Djil, prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy i prezident SShA Djo Bayden vo vremya vstrechi v Belom dome - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2022
Supruga prezidenta SShA Djo Baydena Djil, prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy i prezident SShA Djo Bayden vo vremya vstrechi v Belom dome
OAV fikriga ko‘ra, Bayden Zelenskiy bilan uchrashuvdan davom etayotgan harbiy harakatlar haqida jiddiy gaplashib olish uchun foydalangan. AQSh prezidenti o‘zining ehtiyotkorligini tushuntirishga harakat qilgan, uning hamkasbi esa bor umidi faqat Vashingtondan ekanlini uqtirgan. Shu bilan birga ular Moskva bilan bo‘ladigan muzokaralarga umumiy yondashuvlarni kelishib olishga harakat qilishgan, ammo bu ko‘proq akademik munozara bo‘lgan, deb yozadi The Washington Post. Ommaga esa Ukraina rahbari "hududlar ozod bo‘lishi kerak"ligini takrorlagan xolos.

Parda ortida

RIA Novosti suhbatlashgan ekspertlar uchrashuv Zelenskiydan ko‘ra Baydenga ko‘proq kerak bo‘lgan, deb hisoblashmoqda. Kiyev Amerikaning qo‘g‘irchog‘i bo‘lib qolaveradi va mustaqillikka erishish uchun barcha urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
"Amerikaliklar Zelenskiyni jahon miqyosidagi yetakchiga chiqarishdi va o‘z tuzoqlariga tushirishdi. Ukraina prezidenti Amerika siyosatini belgilaydigan darajada o‘ziga yuqori baho berib yubordi. Bayden uni oldiga chaqirdi va faqatgina Oq uy voqealar rivojini hal qilishini eslatib qo‘ydi. Ukrainaning faqat maslahatlashuvchi ovozi bor xolos. Shu bilan birga Zelenskiyni shunchaki ushlab turishmoqda", - deydi Rossiya Fanlar akademiyasining AQSh va Kanada instituti bosh ilmiy xodimi Vladimir Vasilyev.
Tinchlikparvar tashabbuslar va konfliktologiya instituti rahbari Denis Denisov aholida ta’kidlamoqda: "Amerikaliklar Kiyevga mojaroni kerakli darajada ushlab turish uchun qancha qurol kerak bo‘lsa, shuncha berishmoqda. Frontdagi vaziyat Ukraina bosh shtabida emas, Pentagonda tahlil qilinadi, qurollar ta’minoti nomenklaturasi qarorlari ham o‘sha yerda hal bo‘ladi. Kiyevning manfaatlari bunda ikkinchi darajali".
Agar Ukraina prezidenti nazoratdan chiqib ketmaganda, unga bunday dabdabali qabul uyushtirilmagan bo‘lardi, deydi ekspertlar. Bunga yana bir tasdiq – tinchlik yo‘li bilan vaziyatni hal qilishga chaqiriqlarning yo‘qligi. Zelenskiyning so‘nib qolgan umidlariga kelsak, ekspertlar amerikaliklarning qariyb yarmi harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etishni istamasligiga ishora qilishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0