https://oz.sputniknews.uz/20221223/rossiya-narx-chegarasini-belgilagan-davlatlarga-neft-etkazib-bermaydi---novak-30989907.html
Rossiya narx chegarasini belgilagan davlatlarga neft yetkazib bermaydi - Novak
Rossiya narx chegarasini belgilagan davlatlarga neft yetkazib bermaydi - Novak
Sputnik O‘zbekiston
YeI tomonidan joriy etilgan hamda G7 davlatlari va Avstraliya tomonidan ma’qullangan Rossiya neftiga yuqori narx chegarasini belgilash talabiga amal qilgan... 23.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-23T13:54+0500
2022-12-23T13:54+0500
2022-12-25T17:36+0500
rossiya
aleksandr novak
neft
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/10/30788573_0:191:2965:1858_1920x0_80_0_0_ed503f2144bd7a40846c28726d67bff9.jpg
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Rossiya neft narxini cheklash talabiga amal qilishni talab qilayotgan mamlakatlarga neft va neft mahsulotlarini yetkazib berishni taqiqlaydi. Bu haqida RF bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novak “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.Hukumat raisi o‘rinbosari Prezident farmoni tayyorlanayotgani haqida eslatgan.Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva neft qazib olishni qisman qisqartirishga tayyor.Ma’lumot o‘rnida, 5-dekabr kuni Rossiya neftini Yevropa Ittifoqiga dengiz orqali yetkazib berishga embargo kuchga kirdi. Yevropa Ittifoqi davlatlari 2 dekabrda, shuningdek, dengiz orqali yetkazib beriladigan Rossiya neftining barreliga to‘lash mumkin bo‘lgan yuqori narxni ham kelishib oldilar. Xuddi shunday qaror G7 davlatlari va Avstraliya tomonidan ham qabul qilingan edi.Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arb davlatlarining ushbu qarorini bozor iqtisodiyoti tamoyillariga zid deb atadi va Rossiya bunday mamlakatlarga neft yetkazib bermasligini ta’kidlab o‘tgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/10/30788573_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_bb8da7a6c17880e30148f5451ac98f27.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, aleksandr novak, neft
rossiya, aleksandr novak, neft
Rossiya narx chegarasini belgilagan davlatlarga neft yetkazib bermaydi - Novak
13:54 23.12.2022 (yangilandi: 17:36 25.12.2022) YeI tomonidan joriy etilgan hamda G7 davlatlari va Avstraliya tomonidan ma’qullangan Rossiya neftiga yuqori narx chegarasini belgilash talabiga amal qilgan davlatlarga - Rossiya neft va neft mahsulotlari yetkazib bermaydi.
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Rossiya neft narxini cheklash talabiga amal qilishni talab qilayotgan mamlakatlarga neft va neft mahsulotlarini yetkazib berishni taqiqlaydi. Bu haqida RF bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novak “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida
aytib o‘tdi. Hukumat raisi o‘rinbosari Prezident farmoni tayyorlanayotgani haqida eslatgan.
“Ushbu farmon doirasida shartnomalarda Yevropa Ittifoqi tomonidan kiritilgan narx chegarasiga rioya qilishni talab qiladigan mamlakatlar va yuridik shaxslarga neft va neft mahsulotlarini yetkazib berishni taqiqlanadi”, - deydi Novak.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva neft qazib olishni qisman qisqartirishga tayyor.
Ma’lumot o‘rnida, 5-dekabr kuni Rossiya neftini Yevropa Ittifoqiga dengiz orqali yetkazib berishga embargo kuchga kirdi. Yevropa Ittifoqi davlatlari 2 dekabrda, shuningdek, dengiz orqali yetkazib beriladigan Rossiya neftining barreliga to‘lash mumkin bo‘lgan yuqori narxni ham kelishib oldilar. Xuddi shunday qaror G7 davlatlari va Avstraliya tomonidan ham qabul qilingan edi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arb davlatlarining ushbu qarorini bozor iqtisodiyoti tamoyillariga zid deb atadi va Rossiya bunday mamlakatlarga neft yetkazib bermasligini ta’kidlab o‘tgan edi.