Polsha Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdan o‘z harbiy salohiyatini yo‘qotdi

© Cayt pravitelstva PolshiPolsha peredala Uzbekistanu gumanitarnuyu pomosh dlya borbi s COVID-19
Polsha peredala Uzbekistanu gumanitarnuyu pomosh dlya borbi s COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2022
Obuna bo‘lish
Polsha zobiti Kups Varshava harbiy salohiyatining 40 foizini Ukrainaga topshirgani haqida gapirdi.
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Varshava harbiy salohiyatining uchdan biridan ko‘prog‘ini Kiyevga topshirdi, dedi Polsha armiyasining zaxiradagi ofitseri Arkadiush Kups Super Express nashriga bergan intervyusida. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
“Polsha o‘zining harbiy salohiyatining deyarli 40 foizini Ukrainaga berdi”, - deya ta’kidladi u.
Kupsning ta’kidlashicha, Polsha Ukrainaga tanklar, artilleriya moslamalari va snaradlar, shuningdek, Sovet Ittifoqi davridan qolgan S-125 “Neva” havo mudofaa tizimlarini topshirgan.
Zobitning so‘zlariga ko‘ra, Polsha harbiy-sanoat kompleksi tomonidan amalga oshirilgan xaridlarning bir qismi uni xavotirga solmoqda. Chunki uning fikricha, har bir davlat harbiy-sanoat kompleksini o‘z manfaatlaridan kelib chiqib rivojlantirishi kerak.
Kups Rossiya armiyasi har kuni 45 000 ta 152 mm kalibrli snaradlarni, Ukraina Qurolli kuchlari esa yetti ming 155 mm kalibrli o‘q-dorilardan foydalanyotganiga e’tibor qaratgan.
Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi fonida AQSh va uning NATO bo‘yicha ittifoqchilari Kiyevni o‘n milliard dollarlik qurol-yarog‘ yetkazib berib, qo‘llab-quvvatlamoqda. Moskva G‘arb qurollarini yetkazib berish faqat mojaroni uzaytirishini, qurol-yarog‘ ortilgan transportlar esa Rossiya armiyasi uchun qonuniy nishonga aylanishini bir necha bor ta’kidlagan.
Yangiliklar lentasi
0