O‘zbekistonning xususiy aviakompaniyasi o‘zining birinchi yo‘lovchi reysini amalga oshirdi

© Uzbekistan airports O‘zbekistonning “Panorama Airways” xususiy aviakompaniyasi
O‘zbekistonning “Panorama Airways” xususiy aviakompaniyasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2022
Obuna bo‘lish
Aviakompaniyaning navbatdagi parvozi “Toshkent — Moskva” yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladi.
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. O‘zbekistonning “Panorama Airways” xususiy aviakompaniyasi o‘zining ilk tijoriy reysni amalga oshirdi. Bu haqda Uzbekistan airports xabar berdi.
Kecha aviakompaniya “Toshkent-Urganch-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha ilk tijoriy reysni amalga oshirdi. 144 yo‘lovchidan iborat Airbus A320 havo kemasi mahalliy vaqt bilan soat 21:50 da belgilangan aeroportga uchib ketdi.
Samolyot, poytaxtning xalqaro aeroportidan jo‘nab ketishidan avval, birinchi reysning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur aviakompaniya O‘zbekiston, shuningdek, BAA, Isroil, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Janubiy Koreya va boshqa davlatlarga yo‘lovchi havo tashishlarini amalga oshirishi rejalashtirilgan.
Aviakompaniyaning navbatdagi parvozi 23-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da “Toshkent — Moskva” yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0