O‘zbekistonlik sportchilar Qirg‘izistondagi xalqaro musobaqa sovrindori bo‘lishdi

© Milliy olimpiya qo‘mitasiSport kurashlari bo‘yicha “PWL-3 World Series” tasnifiga kiruvchi xalqaro musobaqa
Sport kurashlari bo‘yicha “PWL-3 World Series” tasnifiga kiruvchi xalqaro musobaqa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2022
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonda sport kurashlari bo‘yicha “PWL-3 World Series” tasnifiga kiruvchi xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqada muvafaqqiyatli ishtirok etishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Qirg‘izistonda sport kurashlari bo‘yicha “PWL-3 World Series” tasnifiga kiruvchi xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Unda Eron, Rossiya, Mo‘g‘uliston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston qatori O‘zbekistondan ikki nafar sportchi G‘ulomjon Abdullayev (-57 kg) hamda Ilyas Bekbulatov (-71 kg) ishtirok etdi.
Ilyas Bekbulatov hal qiluvchi bellashuvda rossiyalik jahon chempionati sovrindori Yevgeniy Jerbeyev bilan kurashib, 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Abdullayev esa finalda azaliy raqiblaridan biri, Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Zaur Uguyevga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan cheklandi.
Yangiliklar lentasi
0