Odam papilloma virusiga qarshi emlash bo‘yicha tavsiyalar yangilandi - JSST

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishMeditsinskiy rabotnik delayet privivku ot koronavirusa
Meditsinskiy rabotnik delayet privivku ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2022
Obuna bo‘lish
JSST ekspertlari qayd etishicha, immuniteti zaif, OIV infeksiyasidan aziyat chekadigan ayollar birinchi navbatda emlanishi shart.
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti odam papilloma virusiga qarshi emlash bo‘yicha tavsiyalarini yangiladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
​Odam papilloma virusining 200 dan ortiq turi mavjud bo‘lib, shundan 13 tasi onkologik kasalliklarga sabab bo‘ladi. Xususan, virusga qarshi o‘z vaqtida vaksina olinmasa, 16 va 18-tiplari bachadon bo‘yni saratonini keltirib chiqarishi isbotlangan.
Biroq mutaxassislar dunyo bo‘yicha mazkur xavfli kasallikka qarshi emlash qamrovi pasayib ketganidan xavotirda. Xususan, 2019-2021 yillarda vaksina olganlar soni 15-25 foizga kamaygan. Ya’ni 3,5 million nafar qiz emlash jarayonidan chetda qolgan.
Shu bois Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti odam papilloma virusiga qarshi emlash bo‘yicha tavsiyalarini yangiladi.
Undan quyidagi ko‘rsatmalar o‘rin olgan:
9-14 yoshli qizlar vaksinaning birinchi yoki ikkinchi dozasini qabul qilishi lozim;
15-20 yoshli xotin-qizlar bir yoki ikki bosqichda emlanishi kerak;
21 yoshdan oshgan ayollar 6 oylik oraliq bilan ikki dozada vaksina olishi zarur.
JSST ekspertlari qayd etishicha, immuniteti zaif, OIV infeksiyasidan aziyat chekadigan ayollar birinchi navbatda emlanishi shart. Ular xastalikka qarshi vaksinaning kamida ikki, imkoni bo‘lsa, uch dozasini qabul qilishlari lozim.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda odam papilloma virusiga qarshi emlash 2019-yilda boshlangan. SSV ma’lumotlariga ko‘ra, har yili O‘zbekistonda o‘rtacha 1700 nafarga yaqin ayolda odam papilloma virusi sababli bachadon bo‘yni saratoni kasalligi aniqlanmoqda. Respublikada 12-14 yoshli qizlar o‘rtasida emlash jarayoni o‘tkazilmoqda. Chunki ayni shu yosh oralig‘ida vaksinadan so‘ng immunitet eng kuchli shakllanadi.
Yangiliklar lentasi
0