https://oz.sputniknews.uz/20221223/moynoqda-turistik-forum-bolib-otdi-30989472.html
Mo‘ynoqda turistik forum bo‘lib o‘tdi
Mo‘ynoqda turistik forum bo‘lib o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
Tadbirda Qoraqalpog‘istonning turizm salohiyati, hududdagi turizm korxonalari haqida so‘z yuritildi. 23.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-23T14:17+0500
2022-12-23T14:17+0500
2022-12-23T14:17+0500
turizm
turizm va madaniy meros vazirligi
qoraqalpog‘iston
forum
ko‘rgazma
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/17/30987013_0:52:1000:615_1920x0_80_0_0_3232c18eac587444001ea05ed3c21aba.jpg
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. 21-dekabr kuni Mo‘ynoq tumanida “Karakalpakstan Tourism Forum” bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Turizm va madaniy meros vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.Ilk bor tashkil etilayotgan ushbu forumda Qoraqalpog‘iston shahar va tumanlarining turistik imkoniyatlari, hududlarda turizm sohasini rivojlantirish imkoniyatlari, yangi turistik yo‘nalishlarni ishlab chiqish bo‘yicha “Karakalpakstan Travel Hub” dasturining taqdimoti va turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlarining ko‘rgazmalari o‘tkazildi.2022 yilda Qoraqalpog‘istonda jami 133 milliard so‘mlik 72 ta turizm loyihasi amalga oshirilib, ularda 950 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.2022 yilning yanvar-noyabr oylarida viloyatda 6 ta oilaviy mehmon uyi va 4 ta yotoqxona foydalanishga topshirilib, ularning umumiy soni 61 taga yetdi.Global pandemiyaga qaramay, 2021-yilda Qoraqalpog‘istonga 284 ming mahalliy va 25 ming nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurgan bo‘lsa, 2022-yilda Qoraqalpog‘istonga 600 ming mahalliy va 50 mingdan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/17/30987013_56:0:945:667_1920x0_80_0_0_075b6bc2f315efe3265ee0fd2cfff596.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, turizm va madaniy meros vazirligi, qoraqalpog‘iston, forum, ko‘rgazma
turizm, turizm va madaniy meros vazirligi, qoraqalpog‘iston, forum, ko‘rgazma
Mo‘ynoqda turistik forum bo‘lib o‘tdi
Tadbirda Qoraqalpog‘istonning turizm salohiyati, hududdagi turizm korxonalari haqida so‘z yuritildi.
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. 21-dekabr kuni Mo‘ynoq tumanida “Karakalpakstan Tourism Forum” bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Turizm va madaniy meros vazirligining matbuot xizmati
xabar berdi.
Ilk bor tashkil etilayotgan ushbu forumda Qoraqalpog‘iston shahar va tumanlarining turistik imkoniyatlari, hududlarda turizm sohasini rivojlantirish imkoniyatlari, yangi turistik yo‘nalishlarni ishlab chiqish bo‘yicha “Karakalpakstan Travel Hub” dasturining taqdimoti va turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlarining ko‘rgazmalari o‘tkazildi.
2022 yilda Qoraqalpog‘istonda jami 133 milliard so‘mlik 72 ta turizm loyihasi amalga oshirilib, ularda 950 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.
2022 yilning yanvar-noyabr oylarida viloyatda 6 ta oilaviy mehmon uyi va 4 ta yotoqxona foydalanishga topshirilib, ularning umumiy soni 61 taga yetdi.
Global pandemiyaga qaramay, 2021-yilda Qoraqalpog‘istonga 284 ming mahalliy va 25 ming nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurgan bo‘lsa, 2022-yilda Qoraqalpog‘istonga 600 ming mahalliy va 50 mingdan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi.