Keniya elchisi Borrelning Afrika Putin haqida bilmaydi, degan gaplariga javob berdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaJozep Borrel
Jozep Borrel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2022
Obuna bo‘lish
Biz Rossiya qayerdaligini bilamiz va bizda bu bilan bog‘liq hech qanday muammo yo‘q, deydi elchi.
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Keniya Rossiya qayerda joylashganini biladi, bu borada hech qanday muammo yo‘q. Bu haqda Afrika davlatining Moskvadagi elchisi Benson Ogutu RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Bu bilan u Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrelning Rossiyani qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlarda qatnashayotgan afrikaliklarning samimiyligiga shubha qilishi haqidagi gaplariga javob berdi. Borrelning fikricha, Moskva pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlovchi afrikaliklar “Donbassning qayerdaligi va prezident Vladimir Putin kimligini bilmaydi”.
“Bu uning fikri, lekin Keniya elchisi sifatida sizni ishontirib aytamanki, Rossiya bilan munosabatlarimiz 59-yil avval, mustaqillikka erishilgandan beri samarali rivojlandi. Biz Rossiya qayerdaligini bilamiz va bizda bu bilan bog‘liq hech qanday muammo yo‘q”, dedi Ogutu.
Prezident Vladimir Putin ham Borrelning so‘zlariga izoh berib, Afrika Rossiyaning qayerdaligini va uning mustamlakachilikdan ozod bo‘lishida qanday rol o‘ynaganini bilishini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0