G‘arb Markaziy Osiyoni Rossiyadan "ajratib olmoqchi"

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Astane vpervie proxodit "Sentralnaya Aziya – Rossiya"
V Astane vpervie proxodit Sentralnaya Aziya – Rossiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2022
Obuna bo‘lish
Tahlilchilarga ko‘ra, RF Markaziy Osiyo mamlakatlari rivojlanishidagi ichki qiyinchiliklar va ularga bo‘layotgan bosimlarni e’tiborsiz qoldirmasligi kerak.
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. G‘arb Markaziy Osiyoni Rossiyadan “ajratish”ga qaratilgan harakatlarini kuchaytirdi. Bu haqda “Valday” xalqaro munozara klubining “Markaziy Osiyo va Ukraina inqirozi” hisobotida aytib o‘tilgan.
Hisobotda qayd etilishicha, Ukrainada maxsus operatsiya boshlanishi bilan AQSh va Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlarini Rossiya Federatsiyasidan ajratish bo‘yicha sa’y-harakatlarini kuchaytirdi, ammo ular o‘rta muddatli istiqbolda bunday ssenariyni amalga oshira olmaydilar.
2022 yil uchun ma’lumotlar Ukrainadagi voqealar mintaqadagi geosiyosiy vaziyatga qanday ta’sir qilganini ko‘rsatadi.
“AQSh Davlat departamenti “Markaziy Osiyo davlatlarini Rossiyadan ajratish” niyatini ochiq-oydin bayon qilyapti va Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Markaziy Osiyo davlatlarining Rossiya bozorlari va eksport yo‘nalishlariga qaramligini kamaytirish vazifasini qo‘yapti”, deya tushuntirilgan hisobotda.
Ekspertlarning fikricha, barcha silkinishlarga qaramay, Markaziy Osiyo davlatlari barqarorlikni saqlab qoldi, o‘z siyosiy elitasini birlashtira oldi va iqtisodiyotdagi yaqqol salbiy oqibatlarga yon berdi.
“Biroq, manfaatlari Markaziy Osiyoda kesishgan tashqi kuchlarning joylashuvida sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi”, - deyiladi hisobotda.
Shu bilan birga, mutaxassislar Vashington va Brusselning oxirgi paytlarda faollashgan harakatlariga ishora qilmoqda.
Ularning maqsadi “mintaqani beqarorlashtirish”, ular eng katta raqiblar – Rossiya va Xitoy bilan qarama-qarshilikni yanada kuchaytirishga harakat qilmoqda. Kollektiv G‘arbning keskin ritorikasi va Markaziy Osiyoning pozitsiyasini to‘laqonli o‘z foydasiga og‘dirishga urinishlar shundan dalolat berapti.
“G‘arblik hamkorlar hozir markaziy osiyoliklardan “bir tomonni tanlashni” talab qilmoqda”, - deydi hisobot mualliflari.
Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasi qo‘shni davlatlar uchun ishonchli ittifoqchi bo‘lib qolmoqda.
“Rossiya Markaziy Osiyo davlatlarining eng yirik sarmoyaviy va savdo sherigi bo‘lib, mintaqa xavfsizligining kafolati hisoblanadi”, - deyiladi materialda.
Tahlilchilarning ta’kidlashicha, Rossiya Federatsiyasi Markaziy Osiyo mamlakatlari rivojlanishidagi ichki qiyinchiliklar va ularga bo‘layotgan bosimlarni e’tiborsiz qoldirmasligi kerak.
“Biz Markaziy Osiyo davlatlarining o‘ziga ham, Rossiya bilan munosabatlariga ham qarshi qaratilgan potensial beqarorlikning ko‘plab belgilariga ko‘z yummasligimiz kerak”, deb xulosa qiladi tadqiqotchilar.

O‘zbekiston

O‘zbekistonda yuqori darajali ichki va iqtisodiy barqarorlik mavjud. Mamlakat aholsi Shavkat Mirziyoyev siyosatini faol qo‘llab-quvvatlamoqda. O‘zbekiston asosiy e’tiborni investitsiya jalb qilish, iqtisodni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishga qaratmoqda.
O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy sarmoyadorlari bu - Rossiya va Xitoy. Shuningdek, Rossiya O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorihamdir. Mamlakat aholisining ma’lum bir qismi Rossiyada mehnat qiladi.
O‘zbekiston iqtisoditoning yana bir rivojlanish vektori - bu transport koridorlarini rivojlantirishdir. Dengiz yo‘llariga chiqish imkoniyati cheklangan respublika uchun bu muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqsadda O‘zbekiston Afg‘oniston orqali temiryo‘l loyihalari qurilshidan ham manfaatdordir.
Yangiliklar lentasi
0