Buxorodagi Xo‘ja Kalon masjidi restavratsiya qilinmoqda

© Press-slujba Agentstva kulturnogo naslediyaDostoprimechatelnosti Buxari
Dostoprimechatelnosti Buxari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2022
Obuna bo‘lish
Restavratsiya qilinayotgan obidalar qatorida XVI asrga oid masjid ham bor.
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Manzilli ro‘yxatga asosan ayni paytda Buxorodagi 20 ta tarixiy obyektda restavratsiya va asrashga doir konservatsiya ishlari olib borilyapti. Bu haqda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ko‘hna Buxoroning qadimiy qismida YuNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan ko‘plab osori atiqalar joylashgan. Ana shunday me’moriy yodgorliklardan biri Xo‘ja Kalon masjidi sanaladi.
Mazkur masjid 1573-1579-yillarda barpo etilgan. U Xo‘ja Gavkushon majmuasining tarkibiy qismi sanaladi. Bu yerda Gavkushon madrasasi va shu nomdagi minora ham qad rostlagan.

“Mashhur Poyi Kalon ansamblini eslatuvchi bu go‘shadagi Xo‘ja Kalon masjidi vaqt, tashqi ta’sirlar va e’tiborsizlik oqibatida abgor holga tushay deb qolgan edi. Joriy yilda shu noxush manzaraga chek qo‘yishga kirishildi. Bu yerda ayni paytda restavratsiya va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Avvalroq 2023-yil davomida asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan 58 ta madaniy meros obyektining manzilli ro‘yxati tasdiqlanib, ularni restavratsiya qilish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilayotgani haqida xabar bergan edik.
Yangiliklar lentasi
0