Xitoy elchisi Rossiya bilan munosabatlarni yuqori baholadi

© Sputnik / Press-slujba MID RFGosudarstvennie flagi RF i KNR
Gosudarstvennie flagi RF i KNR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2022
Obuna bo‘lish
Chjan Xanxueyning ta’kidlashicha, 2022-yilda Xitoy-Rossiya har tomonlama sheriklik va strategik hamkorlik munosabatlari yuqori darajada yangi rivojlanishga erishdi.
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro yordam va qo‘llab-quvvatlash 2022-yilda kuchaydi. Bu haqda Xitoyning Rossiyadagi elchisi Chjan Xanxuey RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘zaro yordam kuchaydi. Rossiya tomoni Tayvan, Sangan, Shinjon va boshqalar bilan bog‘liq qator masalalarda adolatli pozitsiyani himoya qildi. Xitoy Ukraina masalasida xolis pozitsiyani egalladi, bir tomonlama sanksiyalar qo‘llanilishiga qarshi chiqdi, Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik muzokaralari qayta tiklanishiga umid bildirdi, AQSh, NATO va Yevropa Ittifoqini Rossiya bilan keng qamrovli muloqotga kirishishga chaqirdi”, - dedi elchi.

Chjan Xanxueyning ta’kidlashicha, 2022-yilda Xitoy-Rossiya har tomonlama sheriklik va strategik hamkorlik munosabatlari ham yuqori darajada yangi rivojlanishga erishdi.

“Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi oliy darajadagi aloqalar yanada yaqinlashdi. XXR raisi Si Szinpin va Rossiya prezidenti Vladimir Putin fevral oyida Pekindagi qishki Olimpiya o‘yinlarida, sentabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti doirasida uchrashib, ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab olishdi”, - deya qo‘shimcha qildi u.

Shuningdek, u 2022-yilda ikki davlat hukumat rahbarlarining navbatdagi 27-uchrashuvi videokonferensiya formatida o‘tkazilganini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0