https://oz.sputniknews.uz/20221222/vengriya-bosh-vaziri-evropa-parlamentini-tarqatib-yuborishni-taklif-qildi-30981694.html
Vengriya bosh vaziri Yevropa parlamentini tarqatib yuborishni taklif qildi
Vengriya bosh vaziri Yevropa parlamentini tarqatib yuborishni taklif qildi
Sputnik O‘zbekiston
Viktor Orban Yevropa parlamentini yuzaga kelgan korrupsiya mojarosi sabab tarqatib yuborish va yangisini shakllantirish kerak deb hisoblaydi. 22.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-22T20:23+0500
2022-12-22T20:23+0500
2022-12-22T20:23+0500
dunyoda
viktor orban
vengriya
yevropa ittifoqi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/08/30596590_0:0:3078:1731_1920x0_80_0_0_bd014830dfb32cabe742883af29f176f.jpg
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Yevropa parlamentini (YeP) yuzaga kelgan korrupsiya mojarosi sabab tarqatib yuborishni taklif qildi.Vengriya hukumati rahbari shu tariqa Yevropa Ittifoqining bu qonun chiqaruvchi organiga bo‘lgan ishonchni qayta tiklash mumkin bo‘ladi deb hisoblaydi.U shundan keyin milliy deputatlardan iborat yangi Yevropa parlamentini shakllantirish zarur deb hisoblaydi.9 dekabr kuni YeP raisi o‘rinbosari Yeva Kayli Belgiyada Qatardagi futbol bo‘yicha jahon chempionati bilan bog‘liq korrupsiya ishi yuzasidan qo‘lga olindi. U hozir hibsda saqlanmoqda.
vengriya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/08/30596590_347:0:3078:2048_1920x0_80_0_0_6f8bd88a9603c34bed69ac1d1ab21194.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, viktor orban, vengriya, yevropa ittifoqi
dunyoda, viktor orban, vengriya, yevropa ittifoqi
Vengriya bosh vaziri Yevropa parlamentini tarqatib yuborishni taklif qildi
Viktor Orban Yevropa parlamentini yuzaga kelgan korrupsiya mojarosi sabab tarqatib yuborish va yangisini shakllantirish kerak deb hisoblaydi.
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Yevropa parlamentini (YeP) yuzaga kelgan korrupsiya mojarosi sabab tarqatib yuborishni taklif qildi.
Vengriya hukumati rahbari shu tariqa Yevropa Ittifoqining bu qonun chiqaruvchi organiga bo‘lgan ishonchni qayta tiklash mumkin bo‘ladi deb hisoblaydi.
“Yevroparlamentdagi hozirgi janjal namunalidir. YePning korrupsiyaga qarshi kafolatlari mutlaqo samarasiz ekan. Agar jamoatchilik ishonchini qayta tiklamoqchi bo‘lsak, Yevropa parlamentini tarqatish fursati kelgan”, - deya
yozdi Orban Twitter᾽da.
U shundan keyin milliy deputatlardan iborat yangi Yevropa parlamentini shakllantirish zarur deb hisoblaydi.
9 dekabr kuni YeP raisi o‘rinbosari Yeva Kayli Belgiyada Qatardagi futbol bo‘yicha jahon chempionati bilan bog‘liq korrupsiya ishi yuzasidan qo‘lga olindi. U hozir hibsda saqlanmoqda.