Sayyohlar uchun dunyodagi eng mashhur shaharlar nomi e’lon qilindi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Dubay
Goroda mira. Dubay - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2022
Obuna bo‘lish
Dunyodagi eng mashhur 100 ta shahar reytingida Dubay ikkinchi o‘rinni egalladi.
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Buyuk Britaniyaning "Euromonitor" tadqiqot kompaniyasi dunyoning eng mashhur top-100 ta shahari ro‘yxatini tuzdi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya turoperatorlar assotsiatsiyasiga tayanib, xabar berdi.
Hisobotga ko‘ra, reytingda birinchi o‘rinni Parij egalladi. Ikkinchi o‘rin Dubayga, uchinchi o‘rin Amsterdamga nasib qildi. Shuningdek, kuchli o‘ntalikka Madrid, Rim, London, Munxen, Berlin, Barselona, Nyu-York kirdi.
“Saralash metodologiyasi oltita asosiy tamoyilga asoslanadi: iqtisodiy va biznes ko‘rsatkichlari, tashrif buyuruvchilar ma’lumotlari, turizm jozibadorligi, infratuzilma, xavfsizlik va barqaror rivojlanish”, - deya ta’kidlaydi assotsiatsiya.
Ma’lumot uchun, 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida 3,6 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,5 mln nafarga yoki 3,2 baravarga oshgan.
Rossiya Turoperatorlari uyushmasi (ATOR) ijrochi direktori Mayya Lomidzening so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklar MDH davlatlari orasidan eng ko‘p O‘zbekistonga borishni afzal ko‘rmoqda. Yil davomida bunday sayohatlar uchun talab 20 foizga o‘sgan.
Bundan tashqari, rossiyaliklar Yangi yilda sayohat qilish uchun O‘zbekistonni tanlashmoqda. Rossiya ham o‘z navbatida o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda eng ko‘p safar qilgan davlatlardan biridir.
Yangiliklar lentasi
0