Rossiyalik olimlar Arktikada qadimiy zulukning fanga ma’lum bo‘lmagan turini topishdi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishRabota farmatsevticheskogo predpriyatiya "Oblastnoy aptechniy sklad"
Rabota farmatsevticheskogo predpriyatiya Oblastnoy aptechniy sklad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2022
Obuna bo‘lish
Olimning so‘zlariga ko‘ra, bu zuluk "haligacha sir bo‘lib qolmoqda", chunki uning turmush tarzi va ovqatlanishi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Biologlar Arktikaning kam o‘rganilgan mintaqalaridagi zuluklarning genetik ma’lumotlarini tahlil qilish asosida qadimgi zuluklarning yangi turini topishdi, deya ma’lum qildi Sankt-Peterburg davlat universiteti RIA Novostiga.
“Biz uni na morfologiya, na genetika nuqtayi nazaridan ma’lum bo‘lgan avlodlarning birortasiga bog‘lay olmadik. U juda qadimiy va noyob zuluk. Ajablanarlisi shundaki, uni avvalgi olimlarning hech biri uchratmagan. Buning sababi shundaki, bu tur faqat eng chekka va borish qiyin bo‘lgan joylarda yashaydi, ammo giperboreomizon faqat Arktika turi bo‘lishi dargumon. Bizning taxminimizcha, bu zulukni Osiyoning baland tog‘larida, masalan, Sayanlar yoki Oltoyda ham topish mumkin", deydi mutaxassis.
Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, to‘plangan materiallar tahlili Yevrosiyoning Arktika zonasi faunasi beshta avlodga mansub yassi zuluklarning (Glossiphoniidae oilasi) 14 turini o‘z ichiga olishini ko‘rsatdi.
Shu bilan birga, biologlar tomonidan topilgan besh tur va bir tur ilgari fanga ma’lum bo‘lmagan.
Ular orasida qutubli giperboreomizon zuluklarining (Hyperboreomyzon polaris) yangi relikt turi mavjud.
Olimning so‘zlariga ko‘ra, bu zuluk "haligacha sir bo‘lib qolmoqda", chunki uning turmush tarzi va ovqatlanishi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.
Yangiliklar lentasi
0