https://oz.sputniknews.uz/20221222/rossiya-va-eron-evropadan-voz-kechmoqda-30980247.html
Rossiya va Eron Yevropadan voz kechmoqda
Rossiya va Eron Yevropadan voz kechmoqda
Sputnik O‘zbekiston
"Rossiya-Eron transport koridori Rossiya, Hindiston va Xitoyni tez va arzon logistika yo‘laklari bilan ta’minlaydi. Bu Yevropani mo‘may daromaddan, Amerikani ... 22.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-22T21:46+0500
2022-12-22T21:46+0500
2023-04-05T18:42+0500
kolumnistlar
eron
aqsh
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/701/52/7015299_0:0:1200:676_1920x0_80_0_0_e64b7426718fac99e87ba9bd304e7b9d.jpg
Amerikaning Bloomberg nashri mualliflari dahshatli faktni payqab qolishdi. So‘nggi yarim yillikda energetika va logistika bozoridagi vaziyatni tahlil qilar ekan, ular sanksiyalar G‘arbning ikki asosiy raqibi bo‘lgan Rossiya va Eronga nafaqat jiddiy zarar keltirmagani, balki ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga va savdo-sotiqni oshirishga yo‘l ochib berganini ta’kidlashmoqda. Kutilmaganda ma’lum bo‘lishicha, Vashington, London va Brussel maxsus harbiy operatsiyani kuzatib va Ukraina prezidentining dod-voylarini tinglash bilan ovvora bo‘lib turgan bir paytda, Moskva va Tehron o‘zaro kelishib va umumiy maqsad yo‘lida yangi transport yo‘lagini yaratishmoqda. G‘arb mutaxassislari baholashiga ko‘ra, logistik zanjir ikki mamlakatga nafaqat sanksiyalar tufayli kelib chiqqan zararni qoplashga, balki yo‘l-yo‘lakay Yevropa orqali o‘tgan an’anaviy transport yo‘laklariga ham xavf solar ekan.Kreml so‘nggi damga qadar Yevropa Ittifoqini o‘ziga kelishga va Osiyoning tubsiz bozorlariga yuk tashish yo‘llarini buzmaslikka ko‘ndirishga harakat qildi. Yarim yil avval Rossiya savdo aylanmasining eng katta qismi Boltiq dengizi portlari orqali o‘tar edi. Rossiya korxonalari mahsulotlari, qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlarining barchasi 40 kunlik uzoq yo‘lni bosib o‘tib, Boltiq, Shimoliy dengiz suvlaridan tortib, Fransiya, Ispaniya, Italiyani ortda qoldirib, O‘rtayer dengizi va keyin Suesk kanalini, so‘ngra Arabiston yarimorolini chetlab o‘tib, oxirida Hindistonning Mumbay portiga yetib borardi. Bir oydan ko‘proq vaqt mobaynida kemalar 14 ming kilometr masofani bosib o‘tar edi.Sanksiyalar oqibatida yanada faol rivojlanishga majbur bo‘lgan Moskva va Tehron "har qanday muammo bu – yangi imkoniyat" degan biznes-murabbiylarning gaplariga quloq tutdi. Tomonlar xaritani qo‘lga olib, uzoq o‘ylamasdan Mumbayga, Hindistonning boshqa portlariga va undan keyingi Xitoyga eng qisqa yo‘lni tortishdi. Aniqlanishicha, agar tovarlar Rossiya janubidagi darolar orqali Olya yoki Maxachqal’a portlariga yetib borsa, undan so‘ng Kaspiy dengizi bo‘ylab Eronning Astara, Anzali, Noushehr va Amirobod portlari yaqin qoladi.Eng muhimi, bu yo‘nalish nafaqat atigi uch ming kilometr uzunlikka ega, balki G‘arbning har qanday sanksiyalari va provokatsiyalaridan to‘liq himoyalangan, chunki yo‘nalish butunlay ikki davlatning milliy chegaralari doirasida. Mamlakatimizda Volga bo‘ylab yuk tashish chastotasi va hajmini oshirish, shuningdek, yuk tashish infratuzilmasini qurish haqida so‘z ketmoqda. Ushbu chora-tadbirlar tufayli suv sig‘imi uch minggacha cheklayotgan bir paytda olti ming tonnagacha bo‘lgan kemalar daryo yo‘llari bo‘ylab o‘tishi kutilmoqda.Ma’lumki, Eronning IRSL davlat agentligi Astraxan yaqinidagi Solyanka portini modernizatsiya qilish uchun allaqachon o‘n million dollardan ortiq sarmoya kiritgan. Amerikalik tahlilchilarning aytishicha, investitsiyalar yuk tashish hajmini oyiga 85 ming tonnagacha oshiradi.Shu yerda biroz tin olib, maxsus harbiy operatsiya haqida to‘xtalib o‘tish lozim. Odatda bu mavzu muhokamasini soha mutaxassislariga qoldirar edik. Hozir esa busiz bo‘lmaydi, chunki amerikalik tahlilchilarning fikrlariga ko‘ra, ikkinchi transport tyo‘nalishi Azov dengizi orqali o‘tadi. Uni Rossiya rahbari yaqinda “Rossiyaning ichki dengiziga aylandi” degan edi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu so‘zlar ham shunchaki tilga olinmagan.Institute for the Study of War mutaxassislarining fikricha, Moskva parallel ravishda Donda kemasozlikni ko‘paytirish bo‘yicha ishlar olib bormoqda. Keyinchalik Rossiya tovarlari hozirda faol ravishda tiklanayotgan Mariupol orqali Azov dengizi orqali Turkiyaga yuboriladi. Turkiya esa allaqachon Yevropa janubida Rossiya gazning asosiy xabiga aylandi va Eronga yuk tashishda tranzit mamlakat bo‘lishga qarshi emas. Yana bir faktning ta’kidlanishicha, ushbu yo‘nalish ham G‘arb tomonidan kelishi mumkin bo‘lgan har qanday ehtimoliy xavf-xatardan himoyalangan. Chunki Azov dengizi akvatoriyasi endi DXR, Zaporojye va Xerson viloyatlari-keyin esa Qrim yarimoroli yerlari bilan himoyalangan. Ushbu fakt bizni yana bir bor maxsus operatsiya sur’atlariga, xususan hududlar endi ikki yo‘nalishda o‘tadigan tovarlar uchun himoya to‘sig‘i vazifasini o‘tashga boshqacha nigoh bilan qarashga o‘rgatadi. Buni alohida ta’kidlash joiz: Mariupolning faol ishlaydigan portlar qatoriga kiritilishi – (va bu shaharni yanada tezroq tiklashga yordam beradi) – g‘arblik mutaxassislarni xafa qilmoqda. Ular voqealarning umuman boshqacha ssenariysini afzal ko‘rishgan bo‘lardi.Xo‘sh, Eronchi?Qarama-qarshi geografik yo‘nalishga ham bundan kam bo‘lmagan e’tibor qaratilmoqda, chunki Volgadagi portlarni istalgancha kengaytirish mumkin, ammo Eron portlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri temir yo‘l aloqasi bo‘lmasa, hammasi befoyda. Ayni paytda faqat Amirobod portida yuk tashuvchi temir yo‘l stansiyasi bor.Va yana Qorabog‘da tinchlikparvarlik rolini bajarayotgan va mojaroni kuchaytirishga qaratilgan barcha urinishlarning oldini olayotgan armiyamizning harakatlariga to‘xtalib o‘tmaslikning iloji yo‘q.Aftidan davom etayotgan jarayonlar G‘arbning vahima avj olishi va bizning orzularimiz asossizdek tuyulishi mumkin. Biroq, dalillarga qarshi, masalan, Hindistonning davlat darajasida dengiz temir yo‘l paromlarini qurish loyihasi ustida ishlamoqda. Gap qirg‘oq bo‘yidagi yuk kemalari haqida ketmoqda, ularning bortida temir yo‘l vagonlarini haydash mumkin bo‘ladi, u yerda yo‘lda g‘ildirak to‘plamlarini Eron o‘lchagichidan Hindistonga (ya’ni Britaniya) o‘zgartirish mumkin. Shunday qilib, Dehli loyihaga shu qadar qiziqqanki, hattoki sarmoya kiritish va vaqt sarflashga tayyor.Mantiqli savol: yangi marshrut nimasi bilan qiziq, unda qanday qimmatli narsa olib o‘tiladi?Rossiyadan Eronga shuningdek, o‘rta va kichik quvvatdagi quvurlar yetkaziladi. Bu anchayin istehzoli, chunki avvallari bu borada asosiy yetkazib beruvchi Ukraina edi. Tibbiy jihozlar va boshqa bir qator tovarlar borasida ham savdo-sotiq amalga oshirilmoqda.Shubhaga o‘rin yo‘qki, Amerika nima bo‘lishidan qat’iy nazar loyihaning amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilishga tayyor.Ammo yo‘q. Agar transport yo‘lagi ishga tushsa, Rossiya va Eron o‘rtasida ushbu yo‘nalishning o‘zida savdo aylanmasi 40 milliard dollardan oshishi mumkin.
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sergey Savchuk
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/965/18/9651892_32:0:179:147_100x100_80_0_0_05fbcbbf454957c33a463c0efd300626.jpg
Sergey Savchuk
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/965/18/9651892_32:0:179:147_100x100_80_0_0_05fbcbbf454957c33a463c0efd300626.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/701/52/7015299_154:0:1171:763_1920x0_80_0_0_64205486ec0d8851bd386e1aae585186.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sergey Savchuk
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/965/18/9651892_32:0:179:147_100x100_80_0_0_05fbcbbf454957c33a463c0efd300626.jpg
kolumnistlar, eron, aqsh, rossiya
kolumnistlar, eron, aqsh, rossiya
Rossiya va Eron Yevropadan voz kechmoqda
21:46 22.12.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023) "Rossiya-Eron transport koridori Rossiya, Hindiston va Xitoyni tez va arzon logistika yo‘laklari bilan ta’minlaydi. Bu Yevropani mo‘may daromaddan, Amerikani - "dengiz yo‘llari orqali dunyoga hukmronlik qilish" imkoniyatidan mahrum qiladi. G‘arbning dahshatli tushi amalga oshmoqda.
Amerikaning Bloomberg nashri mualliflari dahshatli faktni payqab qolishdi. So‘nggi yarim yillikda energetika va logistika bozoridagi vaziyatni tahlil qilar ekan, ular sanksiyalar G‘arbning ikki asosiy raqibi bo‘lgan Rossiya va Eronga nafaqat jiddiy zarar keltirmagani, balki ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga va savdo-sotiqni oshirishga yo‘l ochib berganini ta’kidlashmoqda.
Kutilmaganda ma’lum bo‘lishicha, Vashington, London va Brussel maxsus harbiy operatsiyani kuzatib va Ukraina prezidentining dod-voylarini tinglash bilan ovvora bo‘lib turgan bir paytda, Moskva va Tehron o‘zaro kelishib va umumiy maqsad yo‘lida yangi transport yo‘lagini yaratishmoqda. G‘arb mutaxassislari baholashiga ko‘ra, logistik zanjir ikki mamlakatga nafaqat sanksiyalar tufayli kelib chiqqan zararni qoplashga, balki yo‘l-yo‘lakay Yevropa orqali o‘tgan an’anaviy transport yo‘laklariga ham xavf solar ekan.
Tan olish kerak, Rossiyadan to‘g‘ri Hindistonga olib boradigan transport yo‘lagi qurilayotgani haqida hozircha faqat soha mutaxassislari xabardor edi. Vaholanki bu yo‘nalishda katta ishlar amalga oshirilmoqda.
Kreml so‘nggi damga qadar Yevropa Ittifoqini o‘ziga kelishga va Osiyoning tubsiz bozorlariga yuk tashish yo‘llarini buzmaslikka ko‘ndirishga harakat qildi. Yarim yil avval Rossiya savdo aylanmasining eng katta qismi Boltiq dengizi portlari orqali o‘tar edi. Rossiya korxonalari mahsulotlari, qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlarining barchasi 40 kunlik uzoq yo‘lni bosib o‘tib, Boltiq, Shimoliy dengiz suvlaridan tortib, Fransiya, Ispaniya, Italiyani ortda qoldirib, O‘rtayer dengizi va keyin Suesk kanalini, so‘ngra Arabiston yarimorolini chetlab o‘tib, oxirida Hindistonning Mumbay portiga yetib borardi. Bir oydan ko‘proq vaqt mobaynida kemalar 14 ming kilometr masofani bosib o‘tar edi.
Sanksiyalar oqibatida yanada faol rivojlanishga majbur bo‘lgan Moskva va Tehron "har qanday muammo bu – yangi imkoniyat" degan biznes-murabbiylarning gaplariga quloq tutdi. Tomonlar xaritani qo‘lga olib, uzoq o‘ylamasdan Mumbayga, Hindistonning boshqa portlariga va undan keyingi Xitoyga eng qisqa yo‘lni tortishdi. Aniqlanishicha, agar tovarlar Rossiya janubidagi darolar orqali Olya yoki Maxachqal’a portlariga yetib borsa, undan so‘ng Kaspiy dengizi bo‘ylab Eronning Astara, Anzali, Noushehr va Amirobod portlari yaqin qoladi.
Eng muhimi, bu yo‘nalish nafaqat atigi uch ming kilometr uzunlikka ega, balki G‘arbning har qanday sanksiyalari va provokatsiyalaridan to‘liq himoyalangan, chunki yo‘nalish butunlay ikki davlatning milliy chegaralari doirasida.
Ma’lumki, Rossiya va Eron birgalikda transport yo‘laklarning “ulanishi” uchun 25 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritadi.
Mamlakatimizda Volga bo‘ylab yuk tashish chastotasi va hajmini oshirish, shuningdek, yuk tashish infratuzilmasini qurish haqida so‘z ketmoqda. Ushbu chora-tadbirlar tufayli suv sig‘imi uch minggacha cheklayotgan bir paytda olti ming tonnagacha bo‘lgan kemalar daryo yo‘llari bo‘ylab o‘tishi kutilmoqda.
Ma’lumki, Eronning IRSL davlat agentligi Astraxan yaqinidagi Solyanka portini modernizatsiya qilish uchun allaqachon o‘n million dollardan ortiq sarmoya kiritgan. Amerikalik tahlilchilarning aytishicha, investitsiyalar yuk tashish hajmini oyiga 85 ming tonnagacha oshiradi.
Bu yerda Vladimir Putinning sentabr oyida bo‘lib o‘tgan iqtisodiyot forumidagi so‘zlarini eslash maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Prezident daryo kemalarini ishlab chiqarishni qayta tiklash, temir yo‘l tarmog‘i geografiyasi va sig‘imini oshirish, shuningdek, avtomobil yo‘llarini qurish va sifatini oshirish zarurligiga e’tibor qaratganini hamma ham payqamadi. O‘shanda hamma buni kun tartibidagi odatiy gaplardan deb o‘ylagan edi, ammo dekabr oyi Vladimir Putin hech nimani xo‘jako‘rsinga aytmasligini yana bir bor isbotladi.
Shu yerda biroz tin olib, maxsus harbiy operatsiya haqida to‘xtalib o‘tish lozim. Odatda bu mavzu muhokamasini soha mutaxassislariga qoldirar edik. Hozir esa busiz bo‘lmaydi, chunki amerikalik tahlilchilarning fikrlariga ko‘ra, ikkinchi transport tyo‘nalishi Azov dengizi orqali o‘tadi. Uni Rossiya rahbari yaqinda “Rossiyaning ichki dengiziga aylandi” degan edi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu so‘zlar ham shunchaki tilga olinmagan.
Institute for the Study of War mutaxassislarining fikricha, Moskva parallel ravishda Donda kemasozlikni ko‘paytirish bo‘yicha ishlar olib bormoqda. Keyinchalik Rossiya tovarlari hozirda faol ravishda tiklanayotgan Mariupol orqali Azov dengizi orqali Turkiyaga yuboriladi.
Turkiya esa allaqachon Yevropa janubida Rossiya gazning asosiy xabiga aylandi va Eronga yuk tashishda tranzit mamlakat bo‘lishga qarshi emas. Yana bir faktning ta’kidlanishicha, ushbu yo‘nalish ham G‘arb tomonidan kelishi mumkin bo‘lgan har qanday ehtimoliy xavf-xatardan himoyalangan. Chunki Azov dengizi akvatoriyasi endi DXR, Zaporojye va Xerson viloyatlari-keyin esa Qrim yarimoroli yerlari bilan himoyalangan. Ushbu fakt bizni yana bir bor maxsus operatsiya sur’atlariga, xususan hududlar endi ikki yo‘nalishda o‘tadigan tovarlar uchun himoya to‘sig‘i vazifasini o‘tashga boshqacha nigoh bilan qarashga o‘rgatadi.
Buni alohida ta’kidlash joiz: Mariupolning faol ishlaydigan portlar qatoriga kiritilishi – (va bu shaharni yanada tezroq tiklashga yordam beradi) – g‘arblik mutaxassislarni xafa qilmoqda. Ular voqealarning umuman boshqacha ssenariysini afzal ko‘rishgan bo‘lardi.
Forslar o‘zlariga deyarli tanish bo‘lmagan o‘rtoq Staxanovning so‘zlariga amal qilib, janubga qarab temir yo‘l qurilishini jadal olib borishmoqda. Relslarning po‘lat iplari Bander-Abbas portlariga qadar yetib bordi- ikkinchi bosqichdagi asosiy vazifa – uni Chabahor portiga qadar uzaytirish. Qachon bu amalga oshsa, hindlarning Mumbay portiga eng qisqa logistik yo‘l yaratilishi haqida gapirish mumkin bo‘ladi.
Qarama-qarshi geografik yo‘nalishga ham bundan kam bo‘lmagan e’tibor qaratilmoqda, chunki Volgadagi portlarni istalgancha kengaytirish mumkin, ammo Eron portlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri temir yo‘l aloqasi bo‘lmasa, hammasi befoyda. Ayni paytda faqat Amirobod portida yuk tashuvchi temir yo‘l stansiyasi bor.
Tomonlarning jalb etilganlik miqyosi birdek emasdek tuyulishi mumkin, ammo aslida bunday emas. Tehron oldida anchayin jiddiy vazifa turibdi, chunki eronliklar bir emas, balki, birdaniga ikkita quruqlik yo‘llarini qurishmoqda. Ularning biri Ozarbayjon chegaralariga yaqinlashsa, ikkinchisi Turkmanistonga qarab ketadi. Eron va Rossiya ishlab chiqaruvchilarini jismonan birlashtirish uchun Ozarbayjon tomon qariyb 160 kilometr yo‘l bosib o‘tish kerak, ammo bu yerda tog‘ tizmalari orqali yo‘lak va tunnellarni teshib o‘tish haqida gap ketmoqda. Ayni paytda Eron shimoli-sharqiy yo‘nalish uchun 25 milliard dollar xarajat qildi va yana shuncha xarajat qilishga tayyor. Boku ham katta qiziqish bildirmoqda va o‘z tomonidan pul borasida ham yordam berishga tayyor.
Va yana Qorabog‘da tinchlikparvarlik rolini bajarayotgan va mojaroni kuchaytirishga qaratilgan barcha urinishlarning oldini olayotgan armiyamizning harakatlariga to‘xtalib o‘tmaslikning iloji yo‘q.
Aftidan davom etayotgan jarayonlar G‘arbning vahima avj olishi va bizning orzularimiz asossizdek tuyulishi mumkin. Biroq, dalillarga qarshi, masalan, Hindistonning davlat darajasida dengiz temir yo‘l paromlarini qurish loyihasi ustida ishlamoqda. Gap qirg‘oq bo‘yidagi yuk kemalari haqida ketmoqda, ularning bortida temir yo‘l vagonlarini haydash mumkin bo‘ladi, u yerda yo‘lda g‘ildirak to‘plamlarini Eron o‘lchagichidan Hindistonga (ya’ni Britaniya) o‘zgartirish mumkin. Shunday qilib, Dehli loyihaga shu qadar qiziqqanki, hattoki sarmoya kiritish va vaqt sarflashga tayyor.
Mantiqli savol: yangi marshrut nimasi bilan qiziq, unda qanday qimmatli narsa olib o‘tiladi?
Ayni paytda Rossiya va Eron o‘rtasidagi savdo aylanmasining asosiy pozitsiyasi – bu birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi mahsuloti. Bizga Eronning mevalari, ularga esa bizdan don yetib boradi. Rossiya donini import qilish hajmi bo‘yicha asosiy xaridorlar ichida Eron birinchi o‘rinda turadi. Agar marshrut keyin Hindistonga borishini eslasak, xaridorlar safiga bir yarim milliard hindlarni aytish mumkin. Ularning ortida yana shuncha xitoyliklarni ham kiritish mumkin. Va bu, eslatib o‘taman, Rossiya agrarchilarining doni va boshqa mahsulotlari uch barobar tezroq kelishini anglatadi, demak anchayin arzon bo‘ladi.
Rossiyadan Eronga shuningdek, o‘rta va kichik quvvatdagi quvurlar yetkaziladi. Bu anchayin istehzoli, chunki avvallari bu borada asosiy yetkazib beruvchi Ukraina edi. Tibbiy jihozlar va boshqa bir qator tovarlar borasida ham savdo-sotiq amalga oshirilmoqda.
Yuqorida keltirilganlarni to‘ldiradigan yana bir jihat shuki, Jo Bayden ma’muriyati so‘nggi paytda Rossiya-Eron yo‘lagini to‘sish yoki to‘xtatish uchun ancha harakat qilmoqda. Endi nega sanksiyalarning so‘nggi paketida Rossiya temir yo‘llarining barcha rahbarlari ham kiritilgani endi tushunarli bo‘ldi. Vashingtonning umumiy pozitsiyasini prezident devonining Eron yo‘nalishi bo‘yicha rahbari Robert Melli bildirdi. U “ular” (Moskva va Tehron) yashirina olmasligini dunyoga bildirish uchun loyiga e’tibor qartish muhimligini bildirdi.
Shubhaga o‘rin yo‘qki, Amerika nima bo‘lishidan qat’iy nazar loyihaning amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilishga tayyor.
Ammo yo‘q. Agar transport yo‘lagi ishga tushsa, Rossiya va Eron o‘rtasida ushbu yo‘nalishning o‘zida savdo aylanmasi 40 milliard dollardan oshishi mumkin.