O‘zbekiston viloyatlarida “Russkiy dom” filiallari ochilishi mumkin

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovRukovoditel predstavitelstva Rossotrudnichestva v Uzbekistane Vojdayev Mixail
Rukovoditel predstavitelstva Rossotrudnichestva v Uzbekistane Vojdayev Mixail - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda filiallarimiz bo‘lsa, bu barcha loyihalarni faollashtirish imkonini beradi, deydi Vojdayev.
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Yaqin kelajakda O‘zbekistonda Rossotrudnichestvoning respublika viloyatlaridagi filiallari ochilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekistondagi “Russkiy dom” rahbari Mixail Vojdayev tashkilotning 2022-yilgi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Vojdayevning so‘zlariga ko‘ra, hududlarda o‘z maydonlari va xodimlarining bo‘lishi Respublika viloyatlari bilan o‘zaro munosabatlarni yaxshilash, shuningdek, yirik tadbirlarni o‘tkazish imkonini beradi.

“Agar O‘zbekistonda ikki-uch joyda, masalan, Farg‘ona vodiysida, balki Termiz yoki Nukusda filiallarimiz bo‘lsa, bu barcha loyihalarni, jumladan, rus tili, ta’lim, ilmiy-ommabop tadbirlarni faollashtirish imkonini beradi. Bunday tadbirlar ko‘lami yanada ortadi”, - dedi Vojdayev.

Uning qo‘shimcha qilishicha, filiallar ochilishi O‘zbekiston tomoni bilan diplomatik kanallar orqali majburiy muvofiqlashtirilgan holda amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0