O‘rta Osiyoning jangchi ayollari haqida film suratga olinadi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishSyemki teleperedachi
Syemki teleperedachi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2022
Obuna bo‘lish
“Bazelevs” kinokompaniyasi loyihani O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkiya bilan hamkorlikda amalga oshirmoqchi.
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. “Bazelevs” kinokompaniyasining yangi rahbariyati e’tiborni turkiyzabon davlatlar bilan biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yishga qaratmoqchi, shuningdek, rebrending va bir qancha yangi loyihalarni rejalashtirmoqda. Bu haqda RIA Novosti kompaniya mas’uliga asoslanib, xabar berdi.
Kinostudiya PR-direktori Aleksey Zinovkin rejissor Timur Bekmambetov kompaniyani sotganini tasdiqlab, rejalar haqida bayonot bergan.
“Bazelevs”ning bayonotiga ko‘ra, Bekmambetov “ko‘pdan beri biznesdan uzoqlashib, ijodga e’tibor qaratmoqchi bo‘lgan”. 2021-yildan “Yolki 8” filmidan boshlab studiyaning barcha loyihalari uning produser sifatidagi ishtirokisiz yaratilgan. “Yolki 9” filmining muvaffaqiyatli prokatidan so‘ng bosh produser Lala Rustamova va bosh direktor Timur Asadov oldi-sotdi bitimini yakunlash uchun yetarli mablag‘ga ega bo‘lgan.
Studiya tomonidan ishlab chiqarilgan rus tilidagi filmlar bazasiga bo‘lgan huquqlar Rossiya kompaniyasida qoladi. Mustaqil kompaniya sifatida faoliyat yuritayotgan Amerikacha ishlab chiqarish qanoti Bekmambetovda qoladi.

“AQSh va Rossiyadagi ikkala kompaniya rebrending va nom o‘zgarishiga duch kelishi mumkin”, - deyiladi bayonotda.

Studiya ishi uchun asosiy bozorlar Rossiya va MDH davlatlari bo‘ladi, shuningdek, kompaniya turkiyzabon mamlakatlarda biznesni rivojlantirishga ham e’tibor qaratadi.

“Bazelevs” Turkiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston va mintaqaning boshqa davlatlari bilan hamkorlikda suratga olishni rejalashtirgan Markaziy Osiyoning jangchi ayollari haqidagi sarguzasht film – “Qirq qiz” ishchi nomi ostida loyiha ishlab chiqilmoqda. Film 2025-2026 yillarda prokatga chiqishi kutilmoqda”, - deyiladi bayonotda.

Yangiliklar lentasi
0