https://oz.sputniknews.uz/20221222/oliy-sud-rossiya-migrantlar-federatsiyasi-jamoat-tashkilotini-tugatdi-30986300.html
Oliy sud "Rossiya migrantlar federatsiyasi" jamoat tashkilotini tugatdi
Oliy sud "Rossiya migrantlar federatsiyasi" jamoat tashkilotini tugatdi
Oliy sud Adliya vazirligining daʼvosiga koʻra Rossiya Migrantlar Federatsiyasini tugatdi 22.12.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-12-22T21:03+0500
2022-12-22T21:03+0500
2022-12-22T21:03+0500
migratsiya
rossiya
migrantlar
sud
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/186/91/1869185_0:0:1500:844_1920x0_80_0_0_f161f9903fb76c3fb50fe4bef952962a.jpg
TOSHKENT, 22 dek – Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi Adliya vazirligining daʼvosiga koʻra, Rossiya Migrantlar Federatsiyasi (FMR) jamoat tashkilotini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqda mahalliy OAVlar xabar qilmoqda.Sud qarorida aytilishiga koʻra, ushbu jamoat tashkiloti Rossiya qonunchiligiga xilof ravishda faoliyat yuritgan. Xususan, 2021 yilning sentyabr-oktyabr oylarida oʻtkazilgan auditda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etmagan. Shuningdek, jamoat tashkiloti oʻz Nizomida koʻrsatilmagan faoliyat bilan ham shugʻullangan. Xususan 2018-2020 yillarda aralash yakkakurashlar (MMA) boʻyicha yettita xalqaro turnir oʻtkazgan.Undan tashqari FMR - tashkilot muhri, blankalari va veb-saytidagi davlat ramzlardan foydalanish qoidalarini buzgan va ushbu qoidabuzarliklarni oʻz vaqtida bartaraf etmagan. FMR vakili va Rossiya migrantlar federatsiyasi prezidenti Vadim Kojenov daʼvolarni tan olmadi va suddan daʼvoni rad etishni soʻradi, deyiladi xabardaRossiya migrantlari federatsiyasi (FMR) Tashkilot sahifasida keltirilgan maʼlumotga koʻra, FMR 2005 yilda "Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi Ichki siyosat boʻlimi koʻmagida xorijiy diasporalarning nufuzli rahbarlarining tashabbusi bilan" tashkil etilgan.Bugungi kunda FMR “sobiq ittifoq respublikalari – Tojikiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Armaniston, Ozarbayjon va uzoq xorijiy mamlakatlar – Hindiston, Pokiston, Nepal, Afgʻoniston va boshqa koʻplab diaspora vakillarini birlashtirgan jamoat tashkiloti” va tashkilotning filiallari Rossiyaning koʻplab subʼyektlarida "faol ishlamoqda", deyiladi federatsiya saytida.Shuningdek, FMR "migrantlarga rus tilini oʻrganish va taʼlim olishda yordam beradi, moslashish markazlarini yaratish va migrantlarning huquqiy hayotini taʼminlashga hissa qoʻshadi", ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash olib boradi, bagʻrikenglikni targʻib qiladi va koʻplab sport va madaniy tadbirlarni tizimli ravishda oʻtkazadi”, deyiladi tashkilot saytida.
rossiya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/186/91/1869185_188:0:1313:844_1920x0_80_0_0_acaa42241cec238b6594bdbec063dccb.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
rossiya, migrantlar, sud
Oliy sud "Rossiya migrantlar federatsiyasi" jamoat tashkilotini tugatdi
Oliy sud Adliya vazirligining daʼvosiga koʻra Rossiya Migrantlar Federatsiyasini tugatdi
TOSHKENT, 22 dek – Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi Adliya vazirligining daʼvosiga koʻra, Rossiya Migrantlar Federatsiyasi (FMR) jamoat tashkilotini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqda mahalliy OAVlar xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishiga koʻra, sud qarori 2022 yil 18 avgustda qabul qilingan va 20 dekabrda boʻlib oʻtgan apellyatsiya sudi uni oʻzgarishsiz qoldirgan.
Sud qarorida aytilishiga koʻra, ushbu jamoat tashkiloti Rossiya qonunchiligiga xilof ravishda faoliyat yuritgan. Xususan, 2021 yilning sentyabr-oktyabr oylarida oʻtkazilgan auditda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etmagan.
Shuningdek, jamoat tashkiloti oʻz Nizomida koʻrsatilmagan faoliyat bilan ham shugʻullangan. Xususan 2018-2020 yillarda aralash yakkakurashlar (MMA) boʻyicha yettita xalqaro turnir oʻtkazgan.
Undan tashqari FMR - tashkilot muhri, blankalari va veb-saytidagi davlat ramzlardan foydalanish qoidalarini buzgan va ushbu qoidabuzarliklarni oʻz vaqtida bartaraf etmagan.
FMR vakili va Rossiya migrantlar federatsiyasi prezidenti Vadim Kojenov daʼvolarni tan olmadi va suddan daʼvoni rad etishni soʻradi, deyiladi xabarda
Rossiya migrantlari federatsiyasi (FMR)
Tashkilot sahifasida keltirilgan maʼlumotga koʻra, FMR 2005 yilda "Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi Ichki siyosat boʻlimi koʻmagida xorijiy diasporalarning nufuzli rahbarlarining tashabbusi bilan" tashkil etilgan.
Bugungi kunda FMR “sobiq ittifoq respublikalari – Tojikiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Armaniston, Ozarbayjon va uzoq xorijiy mamlakatlar – Hindiston, Pokiston, Nepal, Afgʻoniston va boshqa koʻplab diaspora vakillarini birlashtirgan jamoat tashkiloti” va tashkilotning filiallari Rossiyaning koʻplab subʼyektlarida "faol ishlamoqda", deyiladi federatsiya saytida.
Shuningdek, FMR "migrantlarga rus tilini oʻrganish va taʼlim olishda yordam beradi, moslashish markazlarini yaratish va migrantlarning huquqiy hayotini taʼminlashga hissa qoʻshadi", ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash olib boradi, bagʻrikenglikni targʻib qiladi va koʻplab sport va madaniy tadbirlarni tizimli ravishda oʻtkazadi”, deyiladi tashkilot saytida.