JSST: dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 36 foizga oshdi

© Sputnik / Aleksandr KrajevTest na koronavirus
Test na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2022
Obuna bo‘lish
COVID-19ga chalinish holatlari undan avvalgi 28 kunga qaraganda 36 foizga oshgan.
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. O‘tgan haftada dunyo bo‘yicha 3,7 milliondan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ulardan qariyb 10,5 ming nafari xastalik oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lum qildi.
Tahlillarga ko‘ra, 12-18 dekabr sanalarida kasallanish ko‘rsatkichlari undan avvalgi haftaga nisbatan 3 foizga oshdi. O‘lim holatlari esa 6 foizga kamaydi.
Qayd etilishicha, bemorlar sonining sezilarli ko‘payishi Janubiy va Shimoliy Amerika hamda G‘arbiy Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarida qayd etildi. COVID-19 qurbonlari esa Amerika mintaqasida ko‘paydi.
Shuningdek, JSST koronavirus bilan bog‘liq so‘nggi 4 haftalik tahlillarni ham e’lon qildi. Unga ko‘ra, ushbu muddatda Yer sayyorasi bo‘yicha COVID-19ga chalinish holatlari undan avvalgi 28 kunga qaraganda 36 foizga oshgan.
Yangiliklar lentasi
0