Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Doneskdagi mehmonxonaning o‘qqa tutilishi terrorchilik akti edi – Pushilin

Obuna bo‘lish
Ukraina harbiylari Doneskdagi mehmonxonani o‘qqa tutishdi.
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Roskosmosning sobiq rahbari Dmitriy Rogozin va DXR bosh vaziri Vitaliy Xotsenko bo‘lgan Doneskdagi mehmonxonaga berilgan ukrain zarbasi tinch aholiga qarshi ataylab sodir etilgan terrorchilik akti edi. Bu haqda DXR rahbari vazifasini bajaruvchi Denis Pushilin ma’lum qildi.
“Bu aniq terrorchilik aktini uyushtirish maqsadidagi atayin berilgan zarba edi. U yerda ko‘plab oddiy aholi bo‘lgani uchun biz bunga shunday baho beramiz”, - dedi Pushilin RIA Novosti bilan suhbatda.
Ukraina jangarilari Doneskda Rogozin bo‘lgan mehmonxonani o‘qqa tutishdi. Rogozin yaralandi. Ikki kishi halok bo‘lgan.
Rossiya Tergov qo‘mitasi voqea tafsilotlarini o‘rganishi va Ukraina harbiylarining Doneskni o‘qqa tutishiga aloqador shaxslarni aniqlashini ma’lum qildi.
Idoraning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, zarba 155 millimetrli “Caesar” o‘ziyurar artilleriya qurolidan berilgan.
Yangiliklar lentasi
0