Deputatlar Davlat budjetini qabul qildi. Qaysi tashkilotga qancha mablag‘ ajratiladi?

© Press-slujba Senata Oliy MajlisaZasedanie Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa Uzbekistana
Zasedanie Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2022
Obuna bo‘lish
Eng ko‘p mablag‘ ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasiga ajratilyapti.
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Bugun, 22-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqib, qabul qilindi.
2023 yil uchun O‘zbekiston Davlat budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilariga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari:
1.
Xalq ta’limi vazirligi — 26,7 trln (2022 yili 25,8 trln ajratilgan);
2.
Maktabgacha ta’lim vazirligi — 8 trln (6,5 trln);
3.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi — 6 trln (4,1 trln);
4.
Sog‘liqni saqlash vazirligi — 3,66 trln (3 trln);
5.
Madaniyat vazirligi — 746 mlrd (728 mlrd);
6.
Sportni rivojlantirish vazirligi — 1,219 trln (qayta tashkil etildi);
7.
Innovatsion rivojlanish vazirligi — 1 trln (843,3 mlrd);
8.
Uy-jon kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi — 1,273 trln (1,324 trln);
9.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi — 657 mlrd (615,8 mlrd);
10.
Suv xo‘jaligi vazirligi — 3,382 trln (3,440 trln);
11.
Energetika vazirligi — 70,5 mlrd (55 mlrd);
12.
Transport vazirligi — 5,195 trln (5,877 trln);
13.
Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish davlat qo‘mitasi — 278,4 mlrd (38,4 mlrd);
14.
Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi — 1,117 trln (1,1 trln);
15.
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi — 176,8 mlrd (186,6 mlrd);
16.
Turizm va madaniy meros vazirligi — 340 mlrd (qayta tashkil etildi);
17.
Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi — 14,142 mlrd (14,3 mlrd);
18.
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi — 203,6 mlrd (136,8 mlrd);
19.
Veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi — 665,6 mlrd (246,8 mlrd);
20.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi — 10 mlrd (8,9 mlrd);
21.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — 11 mlrd (10,7 mlrd);
22.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi — 478 mlrd (1,254 trln);
23.
Davlat statistika qo‘mitasi — 197,6 mlrd (264,6 mlrd);
24.
Qurilish vazirligi — 232 mlrd (358,9 mlrd);
25.
Tashqi ishlar vazirligi — 765,4 mlrd (577,1 mlrd);
26.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi — 931 mlrd (415,8 mlrd);
27.
AT va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi— 183,6 mlrd (160 mlrd);
28.
Adliya vazirligi — 214,8 mlrd (164,9 mlrd);
29.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi — 16,2 trln (769,2 mlrd);
30.
Moliya vazirligi — 73,4 trln (73,5 trln);
31.
Davlat soliq qo‘mitasi — 1,5 trln (1,5 trln);
32.
Hukumat — 1,949 trln (1,6 trln);
33.
Prezident Adminstratsiyasi — 1,241 trln (795,1 mlrd);
34.
Senat — 92,8 mlrd (148,2 mlrd);
35.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi — 394,5 mlrd (237,9 mlrd);
36.
Ombudsman — 16,4 mlrd (8,3 mlrd);
37.
Bosh prokuratura — 1,494 trln (1,357 trln);
38.
Oliy sud — 1,185 trln (1 trln);
39.
Konstitutsiyaviy sud — 8,8 mlrd (12,2 mlrd);
40.
Sudyalar oliy kengashi — 35 mlrd (33,1 mlrd);
41.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi — 23,6 mlrd (20 mlrd);
42.
Markaziy saylov komissiyasi — 16,5 mlrd (11 mlrd);
43.
MTRK — 521,9 mlrd (561,4 mlrd);
44.
O‘zA — 33,7 mlrd (20,6 mlrd);
45.
“O‘zarxiv” — 13,6 mlrd (10,4 mlrd);
46.
Ma’naviyat va ma’rifat markazi — 65,7 mlrd (62,3 mlrd);
47.
O‘zgidromet — 166 mlrd (180,7 mlrd);
48.
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz — 13,4 mlrd (11,4 mlrd);
49.
Yoshlar ishlari agentligi — 375 mlrd (212,8 mlrd);
50.
Mahalla va nuroniylar vazirligi — 87,6 mlrd (57,4 mlrd);
51.
Kasaba uyushmalari federatsiyasi — 150 mlrd (o‘tgan yili olmagan);
52.
O‘zFA — 364,8 mlrd (328,2 mlrd);
53.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi — 267 mlrd (230 mlrd);
54.
Hisob palatasi — 69 mlrd (60,4 mlrd);
55.
Prezident ta’lim muassasalari agentligi — 665,2 mlrd (430,5 mlrd);
56.
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi — 276,3 mlrd (90 mlrd);
57.
Kinematografiya agentligi — 125,8 mlrd (233 mlrd);
58.
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi — 102,3 mlrd (87,4 mlrd);
59.
Strategik islohotlar agentligi — 35,8 mlrd (7,5 mlrd so‘m);
60.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi — 92,8 mlrd
61.
Boshqa tashkilotlar — 36 trln (29 trln).
Muhokamalar, savol-javoblardan so‘ng qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuboriladigan bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0