Bugun tog‘li hududlarda qor yog‘adi – O‘zgidromet

© Tashkentskoe oblastnoe upravlenie po ekologii i oxrane okrujayushey srediChatkalskiy gosudarstvenniy biosferniy zapovednik
Chatkalskiy gosudarstvenniy biosferniy zapovednik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2022
Obuna bo‘lish
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi.
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Harorat +2-7 daraja iliq, shimolda -3 daraja sovuq +2 daraja iliq bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushadi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat +3-5 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat - 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0