AQSh Senati Zelenskiyga va’da qilingan yordamni ajratish bo‘yicha ovoz berishni to‘xtatib qo‘ydi

© AFP 2023 / MANDEL NGANPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy vistupayet pered Kongressom SShA 21-dekabrya 2022 goda.
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy vistupayet pered Kongressom SShA 21-dekabrya 2022 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2022
Obuna bo‘lish
Moliyaviy paketga ovoz berish respublikachi senator taklifi rad etilgach to‘xtab qolgan.
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. AQSh Senatida Kiyevga 45 milliard dollarlik yordam paketi bo‘yicha ovoz berish prezident Vladimir Zelenskiyning Vashingtondagi nutqidan bir necha soat o‘tib kechiktirildi, deb yozmoqda "Bloomberg".
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Senat kechqurun Ukrainaga yordamni o‘z ichiga olgan jami 1,7 trillion dollarlik xarajatlar paketini tasdiqlash masalasini ovozga qo‘yishi kutilgan edi.
“Demokratlar respublikachi senator Mayk Lining AQSh janubiy chegarasini kesib o‘tishda koronavirus cheklovlariga rioya qilish uchun qo‘shimcha mablag‘ talab qiladigan tuzatish kiritish taklifini rad etganidan keyin bu reja kechiktirildi”, - deyiladi xabarda.
Agentlikning ta’kidlashicha, vaqtinchalik moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi xarajatlarni taqsimlash bo‘yicha asosiy qarorlarni keyingi yilga qoldiradi. Bu Respublikachilar partiyasiga xarajatlarni kamaytirish va ehtimol Ukrainaga yordamni qisqartirish imkoniyatini beradi.
Yanvar oyidan AQSh Kongressi yangi tarkibda ishlay boshlaydi: respublikachilar Vakillar palatasida ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi, demokratlar Senat ustidan nazoratni saqlab qoldi.
Qayd etish kerakki, respublikachilar allaqachon Ukrainaga yordam ko‘rsatilishi ustidan nazoratni kuchaytirishlari haqida ogohlantirgan. Noyabr oyida ular buning uchun ajratilgan mablag‘larni tekshirish bo‘yicha qonun loyihasini taqdim etishdi. Vakillar palatasidagi respublikachilar yetakchisi Kevin Makkartinig aytishicha, u Kiyevga yordam berishga qarshi emas, lekin u o‘nlab milliard dollarlar auditsiz va hisobdorliksiz “ochiq chek” shaklida ajratilish amaliyotining davom etishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Rossiya 24-fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida tahqirlash, genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Mamlakat Qurolli kuchlari oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.
Maxsus operatsiya ortidan AQSh va uning NATO bo‘yicha ittifoqchilari milliardlarcha dollar sarflab, Kiyev rejimini qurol-yarog‘ bilan ta’minlab kelmoqda. Moskva G‘arb qurol-yarog‘larining yetkazib berilishi mojaroni cho‘zishi, qurol ortilgan transport esa Rossiya armiyasining qonuniy nishoniga aylanishini bir necha marta takrorlagan.
Yangiliklar lentasi
0