Yangi yil dasturxoni: norin tayyorlashning eng oddiy usuli
22:25 21.12.2022 (yangilandi: 11:30 22.12.2022)
© Sputnik/Zafar XalilovPrigotovlenie narina.
© Sputnik/Zafar Xalilov
Obuna bo‘lish
Norin qirg‘iz, qozoq, uyg‘ur va o‘zbek milliy taomi bo‘lib, uni tayyorlash u qadar murakkab emas. Sputnik retseptidan foydalanib, uni tez va mazali tayyorlashingiz mumkin.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Yangi yil dasturxonini o‘zbek milliy taomi norinsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki u milliy taomlar ichida eng mazali va sevimlisidir.
Norin qirg‘iz, qozoq, uyg‘ur va o‘zbek milliy taomi bo‘lib, uni tayyorlash u qadar murakkab emas. Sputnik retseptidan foydalanib, uni tez va mazali tayyorlashingiz mumkin.
Norin uchun masalliqlar (ta’bga ko‘ra):
Xamir uchun: un, 1 dona tuxum, bulon va o‘simlik yog‘i, yog‘da qovurilgan piyoz.
Bulon uchun: mol go‘shti, qazi, suv, tuz, zira va murch.
© Sputnik/Zafar XalilovPrigotovlenie narina.
Prigotovlenie narina.
© Sputnik/Zafar Xalilov
Norinni tayyorlashdan avval qozonga go‘sht va suv solinadi. Go‘sht kamida 1,5 – 2 soat davomida qaynashi kerak. Go‘sht pishganidan so‘ng, bulon sovutiladi.
Norin xamirini tayyorlash
Tayyor bulondan xamir qorish, xamirni qaynatib olish va taomni tortish vaqtida foydalanish mumkin.
Norin xamirini tayyorlashda oddiy suvdan ko‘ra, bulondan foydalanish tavsiya etiladi. Ko‘p vaqtga tindirilgan xamir mazali chiqadi.
Xamir 1,5-2 mm qalinlikda yupqa qilib yoyiladi. Uni 10x10 sm hajmda to‘rtburchak shakilda kesib olish kerak. Kesib olingan xamirlarni qaynatishdan oldin suvga biroz o‘simlik yog‘i solinsa, xamirlar bir-biriga yopishib qolmaydi.
Qaynatilgan xamirlarni dasturxonga yoyib 4-5 daqiqa quritish lozim.
Endi qovurilgan piyoz yog‘idan foydalanamiz. Xamirlarga yog‘ surtiladi va xamir bo‘laklari ustma-ust terib chiqiladi. Xamirlar yana 2-3 soatga tindiriladi. Shundan keyingina ularni yupqa somoncha shaklida to‘g‘rab olish mumkin.
© Sputnik/Zafar XalilovPrigotovlenie narina.
Prigotovlenie narina.
© Sputnik/Zafar Xalilov
Norin go‘shtini tayyorlash
Pishgan go‘sht ham yupqaroq somoncha shaklida to‘g‘raladi. Xamir va go‘shtni bir idishga solib, ustidan zira, qora murch, ozroq o‘simlik yog‘i solib, aralashtirish kerak.
© Sputnik/Zafar XalilovPrigotovlenie narina.
Prigotovlenie narina.
© Sputnik/Zafar Xalilov
Albatta, noringa ta’bga ko‘ra qazi solish ham mumkin. Lekin qazi qon bosimini oshirishini inobatga olib, tayyor taomni ustiga solib quyish tavsiya etiladi.
Taom ham tayyor. Yoqimli ishtaha.
© Sputnik/Zafar Xalilov
1/2
© Sputnik/Zafar Xalilov
© Sputnik/Zafar Xalilov
2/2
© Sputnik/Zafar Xalilov
1/2
© Sputnik/Zafar Xalilov
2/2
© Sputnik/Zafar Xalilov