“Rossiya temir yo‘llari” o‘zbek meva va sabzavotlarini tashishga bo‘lgan chegirmani uzaytirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFrukti i ovoshi
Frukti i ovoshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2022
Obuna bo‘lish
“O‘zbekiston temir yo‘llari”ga tegishli refrijatorli harakatlanuvchi tarkiblarda import tashuvlariga 50 foiz 2021-yil 1-yanvardan amal qilib keladi.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. “Rossiya temir yo‘llari” (RJD) o‘zbek meva va sabzavotlarini tashishga joriy etilgan 50 foiz chegirmani uzaytirdi. Bu haqda “RJD-Partner.ru” kompaniyaga tayangan holda xabar bermoqda.
“O‘zbekiston va Tojikistondan Rossiyaga meva va sabzavotlarni tashishga joriy etilgan 50 foiz chegirma 2023-yil oxirigacha uzaytiriladi”, - deyilgan xabarda.
O‘zbekistondan Rossiyaga meva va sabzavotlarni “O‘zbekiston temir yo‘llari”ga tegishli refrijatorli harakatlanuvchi tarkiblarda import tashuvlariga 50 foiz 2021-yil 1-yanvardan amal qilib keladi.
Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston qiymati 903,3 mln dollarga teng bo‘lgan 1,4 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 192 ming tonnaga oshgan. Rossiya va Qozog‘iston o‘zbek meva va sabzavotlarining asosiy xaridorlari.
Avvalroq Rossiya supermarketlar tarmog‘i O‘zbekistondan meva-sabzavotlar importini ikki baravarga oshirgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0