Putin Rossiya harbiy salohiyatini oshirishda davom etishini aytdi

© Sputnik / Gavriil Grigorov / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin posetil obyedinyonniy shtab rodov voysk, zadeystvovannix v SVO
Prezident RF V. Putin posetil obyedinyonniy shtab rodov voysk, zadeystvovannix v SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2022
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin Mudofaa vazirligi kollegiyasi yig‘ilishida ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari muntazam ravishda kuchaytirib boriladi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mudofaa vazirligi kollegiyasi yig‘ilishida. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Rossiya prezidentining Mudofaa vazirligi kollegiyasi yig‘ilishidagi nutqi halok bo‘lgan askarlar xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlandi. U Rossiya armiyasi maxsus operatsiya chog‘ida ulkan jangovar tajriba orttirganini, uning imkoniyatlari kengayib borayotganini ta’kidladi.

“Rossiya Qurolli kuchlarining imkoniyati kun sayin ortib bormoqda. Va biz, shubhasiz, bu jarayonni kuchaytiramiz”, - deya alohida ta’kidladi Putin.

Shu bilan birga, u hozirda maxsus harbiy operatsiya davom etayotganiga e’tibor qaratdi. Prezident bu armiya va flotni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qilishni talab etishini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0