O‘zbekona uslub: VDNX bog‘idagi milliy paviloni muallifi kim edi - video

Obuna bo‘lish
VDXN bog‘idagi eng chiroyli pavilonlardan biri bu Xiva uslubidagi ustunlar va sharqona rotonda bilan bezatilgan "O‘zbekiston" pavilonidir. Ushbu lavhamiz uning muallifi haqida.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. VDNX bog‘idagi “O‘zbekiston” pavilonini eng chiroylilardan biri hisoblanadi. Pavilon nozik va bejirim sharqona uslubi bilan boshqalaridan ajralib turadi. Bir qarashda uni Sharqdan bo‘lmagan me’mor yaratganini anglab bo‘lmaydi.
“O‘zbekiston” paviloni bunyodkori – me’mor Stefan Polupanov. U Xarkov viloyatida tug‘ilgan va voyaga yetgan.
1928 yilda uni O‘zbekiston SSRga yuborishgan va Sharq madaniyatini shaydo bo‘lgan Ctefan Polupanov O‘zbekiston tarixi va madaniyatini o‘rgana boshlaydi.
Polupanov asli begona yurtdan bo‘lsa ham, u butun umri davomida o‘zbek me’morchiligini havas bilan o‘rganib, uni zamonaviy konstruktivizm bilan uyg‘unlashtirishga harakat qilgan. Uning muallifligida qurilgan binolar Moskvada, Yaltada va albatta O‘zbekistonda bor - batafsil Sputnik videosida.
Yangiliklar lentasi
0