O‘zbekiston va Qozog‘iston Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazini tashkil etadi – Xo‘jayev

© PulatovUzbeksko-kazaxstanskiy Mejregionalniy biznes-forum.
Uzbeksko-kazaxstanskiy Mejregionalniy biznes-forum. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Qozog‘iston bilan uchinchi davlat bozorlarini o‘zlashtirish uchun sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish alohida e’tibor qaratadi.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazini tashkil etadi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev O‘zbekiston va Qozog‘iston tadbirkorlari biznes-forumida ma’lum qildi.
Xo‘jayevning qayd etishicha, O‘zbekiston va Qozog‘istonning qiyosiy ustunliklari asosida yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni yaratish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish, uchinchi davlat bozorlarini kelgusida birgalikda o‘zlashtirish maqsadida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish alohida ahamiyatga ega.
“Shu munosabat bilan ertaga qozog‘istonlik hamkasblarimiz bilan Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazini tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolaymiz”, - deydi Xo‘jayev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, avtomobilsozlik, elektronika va elektrotexnika, energetika, farmatsevtika, kimyo va to‘qimachilik sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlaridan faqat bir nechtasi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda O‘zbekiston va Qozog‘iston tadbirkorlari o‘rtasida biznes-forum bo‘lib o‘tmoqda.
Yangiliklar lentasi
0