O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida hududlararo hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasi imzolanadi

© PulatovUzbeksko-kazaxstanskiy Mejregionalniy biznes-forum.
Uzbeksko-kazaxstanskiy Mejregionalniy biznes-forum. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2022
Obuna bo‘lish
Navoiy va Qizilo‘rda viloyatlari o‘rtasida hududlararo hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolanishi kutilmoqda.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Navoiy va Qizilo‘rda viloyatlari o‘rtasida hududlararo hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolanadi. Bu haqda poytaxtda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston va Qozog‘iston tadbirkorlari o‘rtasidagi biznes-forumida viloyat hokimi Normat Tursunov ma’lum qildi.
Navoiy viloyati hokimining so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston uchun “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”, “Navoiyazot”, “Qizilqumsement” va boshqa yirik korxonalar bilan kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari mavjud.
Viloyat hokimining qayd etishicha, Qizilo‘rda viloyati rahbari Nurlibek Naliboyev bilan birgalikda bir qator yo‘nalishlarda hududlararo hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolanadi.
“Yo‘l xaritasi” quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
savdo-iqtisodiy;
sarmoya;
madaniy-gumanitar.
Shuningdek, kelgusi yilda Navoiy va Qizilo‘rda viloyatlari yoshlari o‘rtasida universitetlararo forum o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Navoiy viloyati Qizilo‘rda viloyatining Qarmaqshi va Shardara tumanlari, shuningdek, Qozog‘istonning Turkiston viloyati Shiyeli tumani bilan umumiy chegaraga (620 km) ega.
Bugungi kunda mintaqada 40 mingga yaqin qozoq millati vakillari, ya’ni O‘zbekistondagi eng yirik diaspora yashaydi.
Hozirgi kunda Navoiy viloyatida 190 ga yaqin kon mavjud. Viloyatda Qozog‘iston kapitali ishtirokidagi 9 korxona faol ishlamoqda.
Yangiliklar lentasi
0